Bir kuni taksida qo‘rqoq, sarguzashtparast va ziqna odam ketayotishsa, birdan taksi yonidan boshqa mashina kelib urilibdi. Shu payt taksi mashinasi joyida aylana boshlabdi, haydovchi mashinani to‘xtata olmay sarosimada...
Qo‘rqoq:
— Voy-dod! To‘xtang mashinani! - deb baqira boshlabdi.
Sarguzashtparast haydovchiga:
— Iye, shoshmay turing! Selfivideo qilib olay! - desa, ziqna:
— Taksini kilometr hisoblagichini o‘chirmaysizmi!? - dermish.
Bir yigit traktor parkiga ishga kirish uchun sinov-imtihon topshirayotgan ekan. Savollarga javob bera olmagach, direktorni jahli chiqib:
— Siz o‘zi traktor minganmisiz? - desa, yigit:
— Ha, albatda minganman! - debdi.
— Qanaqa traktor mingansiz? - desa:
— Qizil traktor minganman, - debdi.
Juda ziqna, qizg‘anchiq bolakaydan ustozi so‘rabdi:
— Senda 6 ta olma bor edi, yarmini o‘rtog‘ingga bersang, qancha olmang qoladi?
— Besh yarimta qoladi ustoz, - debdi bolakay.
E’lon:
"Tishi yo‘q it sotiladi. Tishi yo‘q ekan demang! Tomoqdan bo‘g‘ishni biladi".
Er uyiga qaytsa, xotini dasturxon bezatib, unga tort qo‘yibdi. Tortni ustida 20 dona sham turgan ekan. Eri hayron bo‘lib:
— Kimni tug‘ilgan kuni ekan? - so‘rabdi.
Xotini zardali ovozda:
— Palto oberganizga 20 yil bo‘ldi! - dermish.
Yirik neft ishlab chiqarish zavodi direktoriga savol berishdi:
— O‘rtoq boshliq, siz haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan odamni o‘zingizga haydovchi qilib ishga olgan bo‘larmidingiz?
Direktor:
— Yo‘q albatta! Axir men o‘z jonimni xavfga qo‘ya olmayman-ku!
— Unda nega falsafa fakultetini bitirgan jiyaningizni o‘zingizga o‘rinbosar etib tayinladingiz?
To‘ydan bir oy o‘tgach, kuyov onasiga debdi:
— Oyijon, rahmat sizga. Shu kelinni menga siz tanlab berganingiz uchun!
Onasi hayron bo‘lib:
— Nega unaqa deyapsan o‘g‘lim? - desa, kuyov:
— Agar shu qizni o‘zim topganimda bir umr o‘zimni kechira olmagan bo‘lar edim, - dermish.
Dunyoda xumdek-xumdek, qovoqday-qovoqday, biror marta ishlatilmagan – “svejiy-svejiy” kallalar juda ko‘p. Hali ko‘rasiz, bu kallalar birdan ishlab ketsa, butun dunyoda insonlarga xizmat qiladigan kashfiyotlar bo‘lib, xalq manfaatiga xizmat qila boshlaydi.
Hozirgi zamon yoshlari tilidan:
"O‘g‘il otasini oldiga kelib, sekingina dedi:
— Ada, buvamga ayting, menga qiz topavermasinlar. Axir o‘z sevgan qizim bor.
— Doktor, nima dardga chalinibman-ki, meni davolay olmasangiz?!
— "Pulsizlik" kasalligi bilan og‘riyapsiz, bemor!