— Nima uchun ba’zi odamlar chaqmoq bo‘layotganida o‘ziga oro berib, tek turishadi?
— Hayratlanayotgan bo‘lishi mumkin.
— Yo‘q. Ular kimdir tepada selfi qilyapti, deb o‘ylashadi.
Bir ayol shifokor yoniga kelib debdi:
— Doktor menga yordamingiz kerak!
— Nima shikoyatingiz bor?
— To‘ydan keyin ko‘zim umuman pullarni ko‘rmaydigan bo‘lib qoldi...
Oldinda yoz fasli! Siz dam olishga kim bilan bormoqchisiz?
Sharttaki bilanmi? “Dam olishgami? Gap yo‘q, ketdik!” deydi.
Mijg‘ov bilanmi? “Yana kim boradi? Nima ovqat yeymiz? Nechta kiyim olib ketish kerak? Havo qanaqa bo‘larkin?” deydi.
Injiq bilanmi? “Agar yaxshi uxlay olmasam qaytib kelaman...”deyishi aniq!
Bahonachi odam bilan bormoqchi bo‘lsangiz: “Dam olish kunlari bandman. Kelasi hafta ham ishlarim bor. Keyingi oy ham band bo‘lsam kerak. Umuman keyingi yil ham, keyingi hayotimda ham...” deygan javobni kuting.
Hisobchi odam bilanmi?: “Qancha pul ketarkin? Nechi kilogramm go‘sht olamiz?” desa,
borishni umuman istamagan odam: “Aniq bilmiman... Vaqtim bo‘larmikin...? Keyinroq o‘zim qo‘ng‘iroq qivaraman...” deyishi turgan gap!
Haydovchilik guvohnomasiga o‘qiyotgan ayolga instruktor debdi:
— Men mashinani to‘xtating desam, siz nima qilyapsiz?
Ayol:
— To‘xtayapman-ku?
Instruktor:
— Mashina to‘xtasin, miyangiz ishlashdan to‘xtamasin!!!
— Allo, ustaxonami?
— Ha, labbay?
— Telefonimni ta’mirlashga berib ketgan edim.
— Hali ta’mirlab bo‘lmagandik...
— Bo‘pqoldimi o‘zi?!
— Endi boshlaymiz.
— Hurmatli haydovchi, nima uchun ko‘cha boshidagi yuqori tezlik 50 belgisiga amal qilmay kelyapsiz?
— O‘rtoq komandir, mashinani 250 km/s tezlikda haydaganimda, bu belgi umuman ko‘rinmas ekan, ishonavering!

— Nechanchi yil tug‘ilgansan?
— 1999 yilda.
— Demak, 20 ga to‘libsan-da!?
— Yo‘q. 19 ga.
— Qanaqasiga?
— Bir yili tug‘ilgan kunimni nishonlamagandim.

Ikkita general futbol haqida suhbat qurishmoqda:
— Sizga qaysi komanda yoqadi?
— Saflan!
Bir qizaloq ko‘zguning oldida ko‘zini yumib turganmish.
Onasi kelib:
— Nima qilib turibsan? – desa, qizi:
— Qanday uxlashimni tomosha qilyapman, - debdi.