— "Pulsizlik" kasalligi bilan og‘riyapsiz, bemor!
— Ota mashinani juda yaxshi haydab ketasiz-ku!? Nimaga nuqul buzilib qolaveradi? Yuring-chi, - deb usta otaxonni mashinasiga o‘tiribdi.
Mashina yura boshlabdi.
— Birinchi skorstda 20 ga chiqamiz, ikkinchi skorstda 50 ga, uchinchi skorstda 80 ga, to‘rtinchi skorstda 120 ga, beshinchi skorstda 170 ga chiqib, yanada tezroq yurish uchun "raketa" degan R ga, - deb urgan ekan otaxon.
— Voy oyi, siz ayolmisiz? - dermish.
— Siz jabrlanuvchi Hamidni do‘pposlashayotganini ko‘ra turib, yordam bermay, indamay o‘tib ketgansiz...
— Nima qilay? Axir o‘zlari mensiz ham juda yaxshi uddalashayotgandi-da...!
— Nega kerak sizga???
— Telefonimni ekraniga qo‘ymoqchiman, bolalarim unga tegmasliklari uchun...
— Agar shifokorga ataganingiz bo‘lsa operatsiyagacha bering! Aks holda keyin kech bo‘lishi mumkin...
— Erimni fe’li juda-yam og‘ir, umuman yashab bo‘lmaydi.
— Unda ajrash u bilan...
— Ajrash?! Nimalar deyapsan?! Meni hayotimni rasvo qilgan odamni shunchaki ozodlikka qo‘yib yuborib, baxtli hayotga qaytaraman-mi?
— O‘zingizni kuchli sifatingizni aytib bering?!
— Qat’iyatlilik!
— Juda yaxshi. Sizga kelgusi haftada qo‘ng‘iroq qilamiz.
— Keragi yo‘q. Ungacha men o‘zimga boshqa ish topib bo‘laman.
— Faqatgina o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rgan narsalarni ayting! Demak, tug‘ilgan sanangiz?
— Bilmayman, o‘rtoq tergovchi. Buni men ko‘zlarim bilan ko‘rmaganman!





