Bir kishi mardikor bozoriga borib:
— Menga ikkita yevrey kerak, - debdi.
— Yevreyni nima qilasiz? - deb so‘rashsa,
— Uyimni yevrorement qildirmoqchiman, - debdi.
— Uylanish yaxshimi bobo?
— Yaxshi bolam, ayoling dardkashing bo‘ladi.
— Yaxshiku, lekin meni dardim yo‘qku bobo?!
— Uylansang u ham bo‘ladi bolam.
Afandi bir joyda to‘y bo‘lyapti deb eshitdi, garchi taklif qilinmagan bo‘lishiga qaramay, to‘yga juda ham borgisi kelibdi. O‘ylab-o‘ylab bahona topibdi. Bir varaq qog‘ozni to‘rt buklab, cho‘ntagiga solibdi-yu, to‘yxonaga otlanibdi. To‘y egasiga borib:
— Sizga qozidan xat,— deb qog‘ozni beribdi. To‘y egasi quvonib, xatni olib, Afandini to‘yxonaga kirgizib to‘rga o‘tkazibdi. Afandi esa vaqtdan foydalanib, dasturxondagi nozi-ne’matlarni bir boshdan yeya boshlabdi.
To‘y egasi qog‘ozni ochib qarasa, bo‘m-bo‘sh.
— Qog‘ozda hech narsa yozilmagan-ku! - debdi afandining yoniga borib.
— Ishlari zarur bo‘lgani uchun qog‘ozga xat yozishga qo‘llari tegmadi,— dermish Afandi.
Bir kuni podshoh xizmatkorlarini chaqirib debdi:
— Sizlarga bir kun muhlat. Agar ertaga gapiradigan qushni topib kelmasanglar, hammangizni jazolayman!
Xizmatkorlari nima qilishini bilmay, tuni bilan chora izlashibdi. O‘ylab-o‘ylab, afandiga murojat qilishibdi. Afandi:
— Aslo qayg‘urmanglar. Menda chora bor, - debdi.
Ertasi kuniga shoh saroyiga katta qora qarg‘a bilan afandi kirib kelibdi. Buni ko‘rgan xizmatkorlar jonlaridan umidini uzib turishsa, shoh qarg‘aga qarab:
— Manavi odam karmi? - deb xizmatkorlaridan birini ko‘rsatibdi. Shunda qarg‘a "Karrr" desa, podshoh quvonib:
— Ana bo‘larkan-ku! - dermish.
Meni tilaklarimni eshitgan sehrgarlarning sehrli tayoqchasi sinib tushdi, oltin baliqcha suvga bo‘kib o‘ldi, chol ibn Xattob esa soqolini qirtishlab tashladi.
Er-xotin uyquga ketayotsa, shkaf ichidan ovoz kelibdi:
— Ering uxladimi?
Xotini:
— Shunaqaga o‘xshaydi?!
Shkaf ichidan:
— Unday bo‘lsa, men ketdim!
Shu payt eri sakrab o‘rnidan turib:
— Hali seni kredit pulingni to‘lab bo‘lmadim. Qayoqqa ketasan???
Ota-onalar majlisida bir bolaning otasidan o‘qituvchi so‘rabdi:
— Maktabimiz uchun nima qilib bera olasiz?
Ota:
— Portalga yozib bera olaman!
Shundan keyin bu otani o‘g‘li maktabni bitirib ketguncha umuman majlislarga chaqirib bezovta qilishmabdi...!
unaka chekka joylarda-yam yaxshi chevarlar bor ekanda-a?
Bemor shifokorga murojaat qildi:
— Men tobora eshitish qobiliyatimni yo‘qotayapman, so‘nggi paytda hatto o‘z yo‘talimni ham eshita olmayapman.
Shifokor unga dorilar ro‘yxatini yozib uzatdi va dedi:
— Mana shu dorilarni kuniga uch mahal iching...
— Keyin yaxshi eshitadigan bo‘lamanmi?
— Yo‘q, qattiqroq yo‘talasiz.
Telegrammdagi suhbatdan:
— Sevgan qizingiz bormi?
— Yo‘q.
— Unday bo‘lsa, biron yerda uchrashib, tanishib olsak bo‘lar ekan.
— Afsuski, buning iloji yo‘q...
— Sabab?
— Xotinim ruxsat bermaydi.