Ayol yuzingizga tarsaki tushirsa, demak u yaqindan tanishishga rozi.
Qimmatbaho mo‘ynali palto sotib olgan ayol sotuvchidan so‘rayapti:
— Bir narsa iltimos qilsam maylimi? Paltoni uyga eltib berishganda, menikiga kirishdan oldin “adashib” qo‘shnimning eshigini taqillatishlarini xohlardim.
Agar yigitlar 25 yoshgacha uylanmasa, undan keyin hammasi "hali yoshman" deydigan bo‘ladi.
Armiyada komandir askarga kazarmani derazalarini bo‘ya deb kraska bersa, ikki soatdan keyin askar qaytib kelib, - "O‘rtoq komandir, derazani romlarini ham bo‘yash kerakmi?" dermish.
Oilada tinchlik bo‘lishi uchun er-xotin kamchiliklarga ko‘z yumushi kerak deyishadi.
Savol: Qachon ko‘zlarni ochsa bo‘ladi?
— Ayolning erkakdan farqi qoldimi?
— Ha, qoldi.
— Nima?
— Ayol ona bo‘lganini darrov biladi. Erkak esa bir umr bilmasligi mumkin.
Otasi bolasiga debdi:
— O‘g‘lim sigaret chekma! Aroq ichma!
Bolasi:
— Ada, nega g‘alati gapiryapsiz?
Otasi:
— Og‘zimda nos bor-da bolam!
— Allo! Bu jonivorlarni himoya qilish jamiyatimi?
— Ha.
— Xodimlaringizni biznikiga tezroq jo‘nating!
— Nega?
— MIB xodimi daraxtga chiqib olib, itimni haqorat qilyapti.
Rossiyaga borgan o‘zbek yigit yo‘lni topolmay bir rus kishini to‘xtatibdi.
Yigit ruscha gapini tushuntirolmay bir nimalar deyayotsa, haligi kishi "O‘zbekcha gapiraver" debdi.
E’lon:
Dalada qulupnay, bog‘da olma va gilos terish uchun ishchi kerak. Oylik maosh 1 mln. so‘m.
Mabodo, mevalarni terayotganingizda egasi sizni ushlab olsa, meni tanimaysizlar!