— Judayam semirib ketyapman. Nima qilsam bo‘ladi?
— Jismoniy mashqlarni ko‘proq bajaring!
— Shundoq ham ishga piyoda borib-kelaman.
— Bu kamlik qiladi. Ertalab va kechqurungi tiqilinch vaqtda avtobusga chiqib turing!
— Chekishni tashlaymiz!
— Nimaga?
— Bir oyda qancha pul tejab qolishimizni bilasanmi?!
— Unda ichishni ham tashlaylik.
— Shuncha pulni nima qilmoqchisan o‘zi?
— Maoshim yaxshi. Narx-navo yomon!
— Hisob qancha bo‘ldi? - debdi.
Ofitsiant futbol muxlisi ekan:
— Liverpul-Brayton 1:0, - debdi.
— Ha! Kundalik, valerianka va kamar sotib oldim.
U odamniyam jahli chiqib, ertasi kuni u ham soat 11:00 da kelsa, unga hayfsan berishibdi.
— Nimaga? Anavi yigit har kuni 11:00da ishga keladi. Unga hech narsa demaysizlar-ku! - desa, boshlig‘i:
— U yigit mehnat ta’tilida-ku! - degan ekan.
— Eringizni ahvoli jiddiy! – deb gap boshlabdi vrach. — Agar uzoq umr ko‘rishini xohlasangiz, unga faqat yaxshi gapirish, mazali taomlar tayyorlab berishingiz, dam olishini ta’minlashingiz, eng muhimi asabiylashmasligi kerak! – debdi.
Xotin vrachni xonasidan chiqib, eri bilan uyga ketayotsa, yo‘lda eri so‘rabdi:
— Vrach nima dedi xotin?
— Sizni uzoq yashamasligingizni aytdi, - debdi xotini.
— Ha, esimda! Sen farzandli bo‘lganing esingdami?
— Albatta, bo‘lmasam-chi!?
— O‘shanda qasdimni olib bo‘lgandim...
— Salom. Ha, 2 ta yangilik bor.
— Yaxshisidan boshlayver.
— Kim aytdi senga yaxshi yangilik bor deb?





