Quyon:
— Quloqqa otish yo‘q!
Bo‘g‘irsoq:
— Unday bo‘lsa, boshga otish ham yo‘q!!!
— Sevganing bormi?
— Ha, bor! Kim bu?
— Bu men, otangman! Sen bilan uyda gaplashaman!
5 daqiqadan so‘ng yana SMS kelibdi:
— Sevganing bormi?
— Yo‘q! Kim bu yana?
— Bu men, yigitingman! Bu nima deganing? Demak mendan or qilar ekansan-da!...
— Nega kundaligingda faqat 2 va 3 baholar turibdi. 5 olasanmi o‘zi yo yo‘qmi?!
Bola:
— Axir 2 ga 3 ni qo‘shsak 5 ku oyijon!
— Voy o‘rgilay... Institut darvozasi oldida tursam, bir to‘da qizlar chiqib kelishyapti. Shunday oldiga borib, chiroylilar chapga, aqllilar o‘ngga o‘tsin dedim. Hammasi o‘tdi. Faqat bitta qiz u tarafdan bu tarafga yugurib o‘ta olmay turgan edi. Undan so‘radim:
— Nega bir tarafga o‘tmayapsan? – desam, u qiz:
— Bir o‘zim har ikkala tarafga qanday o‘ta olaman? – dedi. Keyin shu qizni kelin qildim.
— Dada, nega ichasiz? – desa, dadasi:⠀
— O‘g‘lim sen hali bunday narsalarni tushunmaysan. Katta bo‘lsang ichasan.⠀
Oradan yillar o‘tib o‘g‘li choyni ichib turib dadasiga qarab debdi:
— Dada, mana men ham ichdim.
— Nega kech qoldingiz?
— Kechirasiz, 3-qavatdan yiqilib tushdim, - debdi haligi odam.
Rahbarni battar jahli chiqib:
— Nima, bir soat tushdingizmi pastga?! – dermish.
— Bugun ham urib olay. Ertaga urmaslik haqida tilxat yozib beraman, - debdi. Ertasiga yana uribdi va indinga urmaslik haqida tilxat yozib beribdi.
Bir hafta o‘tgandan keyin sher quyonni ko‘rib qolib:
— Ayiq urmayaptimi endi? - deb so‘rabdi.
Quyon:
— Eh, urishi o‘sha-o‘sha. Faqat qog‘oz ko‘payib ketdi, - dermish.
Pashsha:
— Qochasanmi yoki urib o‘taymi? – desa, fil:
— Mayli, o‘tgan safardagidek chalib o‘tib ketaqol, - debdi.
— Buvajon, rotatsiya nima degani?
Bobosi, — Hozir tushuntiraman, - debdi-yu, bir daraxtning tagiga borib uni qattiq uribdi.
Daraxtda o‘tirgan barcha qushlar havoga uchibdi-da, yana qaytib boshqa shoxlarga qo‘nib olishibdi.
Shunda bobosi:
— Ko‘rdingmi nabiraginam? Huddi o‘sha qushlar, faqat o‘tirgan joyi o‘zgardi xolos!
Boshqa hech nima o‘zgarmadi... Rotatsiya ham shunga o‘xshaydi nabiraginam, - degan ekan.
Ishi chiqib qolsa, o‘g‘lini yetaklab chiqib, “Qarab turing” deb tashlab ketadi-yu, erini tashlab ketolmaydi.





