— Xo‘sh, nima bo‘pti?
— Meni qizim yo‘q! Qaysidir xotinboz oltita qiz bilan yuribdi.
— Alvido jigarim, alvido !!!
— Seni dadang qayerda ishlaydi?
— Mani dadam bozor rahbari.
O‘qituvchisi birinchi bolani eng oldi qatordagi partaga o‘tkazibdi.
— Qani, seni dadang qayerda ishlaydi?
— Meni dadamni ikkita mebel do‘konlari bor, - deb javob beribdi ikkinchi o‘quvchi.
— Bozor rahbari o‘g‘lini yoniga o‘tir!, - debdi o‘qituvchisi.
— Qani, seni dadang kim?
— Meni dadam prokuraturada.
— Qani birinchi partada o‘tirganlar turlaring-chi! Ikkinchi partaga o‘tir ikkaloving! - deb uchinchi bolani eng oldi partaga o‘tqazgan o‘qituvchi yana so‘rabdi:
— Xo‘sh, dadang prokraturada nima ish qiladi?
— Bilmiman. Dadamni kecha ikkita odam olib ketishgandi-da o‘sha prokuratura degan joyga...dermish bola.
— Ovora bo‘lma xotin, baribir vazning kamayib qolmaydi, - deb kulibdi.
Xotini esa eriga qarab:
— Hech bo‘lmasa tarozi nechini ko‘rsatayotganiga qarab olay!, - debdi.
— Ustoz 50yil oldin qizlar nima kiyishgan?
Ustoz javob qildi:
— 50yil oldin qizlar kalta bo‘lsa ham yubka kiyishgan.
— Bizning jamoamiz urgan ajoyib, chiroyli bir golimizga raqiblarimiz arzimagan uchta gol bilan javob qaytarishdi.
Hozirgilari: "Oybek bilan borib, Omon bilan qaytishmoqda".
— Xola, meni 2ta yigit sevadi, qaysi birini omadi chopadi, - desa
Folbin:
— Azizning omadi chopadi, Ahmad esa uylanadi, - dermish
Yigit qarasa qiz narigi tomonga qarab turgan ekan. Qo‘lidagi telefonda esa raqamlar yozilganmish. Buni ko‘rgan yigit telefonidan hisobni tekshirish raqamini teribdi. So‘ng telefonini qizga qaratib o‘zi yuzini nari buribdi. Qiz uning telefonida: –(minus) 2.66$ degan yozuvni o‘qib:
— Ey, xudo nima bo‘lsa ham tekin gudok tashlab o‘ynamasinda, – dermish.
— Sen aqllimisan yoki eshakmi?
— Albatta men aqllimanda! Eshak eng ahmoq hayvonku!
— Nega sabab?
— Chunki men mashina yo‘lidan o‘tayotganda, ikki tomonga yaxshilab qarab keyin o‘taman. Eshak esa molga o‘xshab qaramasdan o‘tib ketaveradi.





