— O‘rtoq, sen ingliz tilini bilasanmi?
— Ha, a’lo bahoga!
— Apple nima degani?
— Bu, anavi iPhone ni ishlab chiqaruvchisi-de...!
Hozirgina oylik maoshini olgan ishchi kassa yoniga qaytib kelib debdi:
— Siz menga 20 ming kam berdingiz.
Kassir:
— Chunki o‘tgan oyda adashib sizga 20 ming ko‘p berib yuborgan ekanman. Nega o‘shanda qaytarmadingiz? Bu safar kam olganda aytyapsiz?! - desa, ishchi:
— Bir adashdingiz indamadim, ikki adashdingiz aytaman-da!!!
Bir kishi doktorning oldiga kelib:
— Doktor, shu yerimni ushlasam og‘riyapti, - desa, doktor:
— Ushlamang, og‘rimaydi! Sizdan 50 ming so‘m, - debdi.
Ko‘chada bir hovuch shirinlikni paqqos tushirayotgan bolakayni ko‘rgan kishi unga dedi:
— Ko‘p shirinlik yeyaverma! Bu sog‘lig‘ing uchun juda zararli!
Bolakay:
— Meni 90 yoshga kirgan buvam bor... – debdi.
Haligi kishi:
— Buvang shirinliklarni kamroq yegandur-da?! – desa, bolakay:
— Buvam birovlarni ishiga kamroq aralashgan.
Yangi boy o‘ziga Djip mashinasi xarid qilibdi. Mashinani orqa tarafida 4x4 degan yozuvi ham bor ekan.
Mashinani ko‘chada qoldirib uyiga kirib ketsa, bir mast odam kelib, orqadagi 4x4 degan yozuvni yoniga mix bilan qirib =16 deb yozib ketibdi.
Jig‘ibiyroni chiqqan boy ustaxonaga borib mashinasini ta’mirlatibdi.
Ertasi kuni yana shu holat takrorlanibdi. Mast kishi endi har kuni =16 deb yozib ketaveribdi.
Asabiylashgan boy ustaxonaga borib, chiroyli harflar bilan 4x4=16 deb yozdirib kelibdi.
Ertasi kuni tongda chiqib qarasa, mashinasini orqasida mix bilan qirib yozilgan shunday yozuv turganmush "To‘ppa-to‘g‘ri!"
— Mana sizni maoshingiz, - dedi ish beruvchi.
— Maoshimni ko‘tarishni iloji bormi? - debdi ishchi.
Ish beruvchi pulni ushlab turgan qo‘lini tepaga ko‘tarib:
— Shuncha ko‘tarsam bo‘ladimi? - dermish.
Stalinni xonasidan asabiylashib chiqqan polkovnik o‘ziga-o‘zi pichirlab "Mo‘ylovingga o‘t tushsin!" - debdi.
Buni eshitib qolgan kotiba yugurib kirib Stalinga "Mo‘ylovingga o‘t tushsin deb haqorat qildi" deb aytib beribdi.
Stalin g‘azab bilan darhol polkovnikni to‘xtatishlarini buyuribdi.
— Sen kimni haqorat qilding? Mo‘ylovingga o‘t tushsin deganda kimni nazarda tutding? - debdi Stalin.
— Gitlerni nazarda tutgandim, o‘rtoq general - debdi polkovnik.
Stalin kotibasi tarafga o‘girib qarab:
— Sen kimni nazarda tutding? - degan ekan.
Okeanda suzib kelgan shisha idishni ichidan xat topilibdi. Unda quyidagi so‘zlar yozilgan edi:
"Kimsasiz oroldaman. Bu yerda tirikchilik uchun hamma narsa bor. Bu yerda soliq qo‘mitasi yo‘q, prokuratura yo‘q, sud yo‘q , mahalla oqsoqoli-ku umuman yo‘q. MIB yo‘q, virus ham yo‘q. Endi shu yerni qidiringlar. Tezroq topib kelinglar!"
Yaxshi tarbiyali bir qiz parkda skameykaga o‘tirib, kitob o‘qiyotsa, oldiga daydi kishi kelib:
— Uyalmaysizmi?! - debdi.
— Men tarbiyali qizman. Nima deyapsiz? - desa, daydi kishi:
— Tarbiyali odamlar birovni kravatiga o‘tirib olishmaydi, - debdi.
Pastga tushib ketgan alpinistga tepada qolgan sherigi qichqiryapti:
— Valijon tirikmisan?
— Ha tirikman!
— Qo‘l-oyoqlaring butunmi?
— Ha!
— Unda tepaga chiqaqol!
— Iloji yo‘q! Hali yerga tushmadim...