— Nega xotiningizni cho‘kib ketayotganini bila turib, qutqarishga harakat qilmadingiz?
— Men uni cho‘kayotganini bilmadim. U har doimgidek baqirar edi...
Bir kuni ikkalasi ish joyida "ruschasiga" aroqni rossa ichib, qora tanlisi oyoqda turolmay qolibdi.
Oq tanli amerikalik sherigini orqasiga ko‘tarib olib ketayotsa, birdaniga qurilish qorovuli baqirib qolibdi:
— Hoy, to‘xta! Saqichni tashla joyiga!!!
— Doktor, ba’zan shunaqa holatlar bo‘ladiki, men odamlar bilan suhbatlashayotganimda, juda ko‘p gapiraman. Keyin o‘ylanib qolaman. Gaplarimni hayolimda gapiryapmanmi? Ovoz chiqarib aytyapmanmi? Bilmay qolaman. Siz bunga nima deysiz? - desa, doktor bemorga biroz tikilib:
— Gapirasizmi yoki shunaqa jim o‘tiraverasizmi? - dermish.
— Besh karra besh?
Talaba qo‘lidagi shpargalkaga qarab:
— Yigirma besh!
Domla ham qo‘li ostidagi shpargalkaga qarab:
— To‘g‘ri! Olti karra olti?
Talaba yana shpargalkaga qarab:
— O‘ttiz olti!
Domla ham shpargalkaga qarab:
— To‘g‘ri! Yetti karra yetti?
Talaba endi shpargalkaga qaramoqchi bo‘lgandi domla uning qo‘lini ushlab qoldi. Talaba o‘ylanib:
— Qirq yetti, - dedi.
Domla endi shpargalkasiga qaramoqchi edi talaba xam uning qo‘lidan ushlab qolsa, domla ko‘p o‘ylamay:
— To‘g‘ri, - dermish.
— Hech bo‘lmasa uzr so‘rasangiz bo‘lardi...
— Xo‘p, uzr. Kechiraqol!
— Boshimga uramanmi uzringizni?! Kimga kerak kechirim so‘rashingiz?!
— Soatga qara! Faqat bir tomonga qarab yuradi. Bilasanmi, bu nimani anglatadi? Bu hayotingdagi o‘tkan ishlarni unut, eski narsalarni eslama, faqat oldinga qarab yur degani!, - desa, do‘sti:
— Ey faylasuf, gapni boshqa yoqqa burma-da, o‘tgan oy olgan qarzingni qaytar, - dermish.
— Bir, ikki! Bir, ikki! ...
Shu payt yosh bolakay kelib debdi:
— Amaki, men sanay qolay? O‘ngacha sanashni bilaman!
— Nechta tilni bilasiz?
— Uchta.
— Qaysilar?
— O‘zbekcha, ruscha va inglizcha.
— Ingliz tilida biror so‘z ayting-chi.
— Guten Tag!
— Axir bu nemischa-ku.
— Demak, men to‘rtta tilni bilar ekanman.
23:50 — Albatta sen muhimsan...
— Yaxshi qiz, tanishamizmi?
Qiz:
— Meni yigitim bor.
Yigit:
— Meni 2 etajli uyim, kaptivam bor.
Birdan qiz yig‘lab yubordi.
Yigit:
— Ha, nima bo‘ldi?
Qiz:
— Meni yigitim tashlab ketgan...





