Vrach qabuliga kelgan ikki qariya suhbatidan:
— Vrachlarning yozib bergan dorisiga sira tushunib bo‘lmaydi.
— Bu yaxshi-ku!
— Nimasi yaxshi?
— Masalan, men vrach yozib bergan dori qog‘ozi bilan bir yil avtobusda byepul yurdim. Yarim yil bepul teatr tomosha qildim.
Qizlar yashaydigan talabalar yotoqxonasida idish-tovoqlar ovqatdan keyin yuvilsa, yigitlar yashaydigan yotoqxonada idishlar ovqatdan oldin yuviladi.
Yosh bolakay onasidan so‘rabdi:
— Oyijon, asal ari asal beradimi?
— Ha bolajonim!
— Nega unda qovoq ari qovoq bermaydi?
O‘g‘li matematika fanidan "2" baho olib kelibdi.
Ota:
— Nega "2" olding?
O‘g‘il:
— Ustozim 2+3 nechi bo‘ladi dedilar. Men 5 dedim.
Ota:
— Xo‘sh?
O‘g‘il:
— 3+2 nechi deb yana so‘radilar.
Ota:
— Tentak. Ahmoq. Esing joyidami? Ikkalasi ham bir xil-ku!
O‘g‘il:
— Men ham unga huddi shu so‘zlarni aytdim-da!
Ruhshunos ko‘rigiga kelgan bolakayga vrach savol beryapti:
— Mushukchani quloqlari nechta bo‘ladi?
— Ikkita.
— Oyoqlari-chi?
— To‘rtta.
— Dumi nechta bo‘lishini ayta olasan-mi?
— Oyi, bu tentak amaki umrida mushuk ko‘rmaganmi...?!
Kafeda ovqatlanib o‘tirsam, yonimga bir yigit kelib, — Sizni o‘rningizga men to‘lasam maylimi? - degan edi
Sumkamdan gaz, suv, elektr energiyasi uchun kvitansiyalarni olib, qo‘liga tutqazdim!
— Xotinimni mantig‘iga tushunolmayman.
— Nega?
— Qo‘ng‘irog‘iga javob bermasam, ayollar bilan o‘tirgan bo‘larmushman.
— O‘chirib qo‘yaqol telefoningni.
— Unda, men ayollar bilan biron yoqqa ketgan bo‘larmushman.
— Unda yoqib qo‘y va qo‘ng‘iroqlariga javob ber! Qulog‘ing tinchiydi.
— Tinchimaydi! Unda men jazmanlarimga SMS yozayotgan bo‘larkanman.
Ikki do‘st suhbati:
— Nega xomushsan?
— Xotinimni ilon chaqib olgandi, o‘lib qoldi, bechora. Rahmim kelyapti.
— Sen xotiningni yomon ko‘rarding-ku! Nega achinyapsan?
— E-e-e... o‘lgan xotinim emas, ilon-da!
O‘quvchi maktabga kelib ustoziga debdi:
— Ustoz, men endi bu maktabda o‘qimayman! Men Amerikaga ketyapman.
— Amerikada nima qilasan?, - so‘rabdi ustozi.
— Amerikada yashaydigan bobom maktub yo‘lladi. Uni ko‘zlari ancha xiralashib qolibdi. Uni fermasi, ikkita yirik korxonasi va o‘nta do‘koni bor. Men ularni boshqaraman.
— Bobongga ayt, hamma narsalarni sotib, bu yerga ko‘chib kelsin. Biz unga g‘amxo‘rlik qilamiz.
— Nimalar deyapsiz ustoz?! Xatda aniq yozilgan, bobomni ko‘zi xiralashgan, aqldan ozmagan!
— Eh, agar ko‘p pulim bo‘lganida, samolyot sotib olgan bo‘lardim.
— Samolyotni nima qilasan?
— Samolyot kerakmas, unga yetadigan pulim bo‘lishini xohlayman!