Psixologiya darsida talabalar professordan ma’ruza tinglashmoqda.
Professor:
— Hozir men sizlarga insondagi 2 holatni ko‘rsatib beraman.
Professor qo‘l telefondan xohlagan raqamiga qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, Baxtiyor bormi? - debdi.
Go‘shakdan:
— Boshqa raqamga tushdingiz. Baxtiyorni raqami emas! - degan javob bo‘libdi.
— Bu "bezovtalanish" holati, - debdi professor.
Keyin yana telefondan o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilibdi.
— Allo, Baxtiyor kelmadimi hali? - debdi professor.
— Men sizga Baxtiyorni raqami emas deb ayttimmi?! Nega tushunmaysiz?! - deb javob berishibdi.
— Bu "asabiylashish" holati, - debdi professor.
Shu payt oldi qatorda o‘tirgan talabalardan biri debdi:
— Men "shokka tushish" holatini ko‘rsatib bermoqchiman.
— Marhamat! - debdi professor va qo‘lidagi telefonni talabaga uzatibdi.
Talaba yana xuddi o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, men Baxtiyorman! Meni hech kim so‘ramadimi? - debdi.
Qiz voyenkomat eshigi yonida yig‘lab tursa, komandir chiqib:
— Yigitingni armiyaga olib ketishdimi? - debdi.
— Ha, uchchalasini baravar olib ketdi, - debdi qiz.
Yurtimizda mehmon bo‘lib yurtiga qaytayotgan chet ellikdan aeroportda so‘rashibdi:
—Xo‘sh qalay, O‘zbekiston sizga yoqdimi?
U javob beribdi:
—Ha, juda-yam! Hamma urf-odat va an’analaringiz yoqdi-yu, shu ommaviy chiroq va gazlarni o‘chirib qo‘yish udumi yoqmadi, - degan ekan.
Bir kuni tish shyotkasi sovunga dardini aytib qolibdi:
— Bilasanmi, odamlar men bilan tishlarini yuvishadi.
Shunda sovun xafa bo‘lib:
— Shukur qil! - degan ekan.
Bir kishi to‘y qilmoqchi bo‘lib, afandiga to‘yga aytishni buyuribdi.
Afandi boyni uyiga borib, to‘yga aytsa, boy:
— To‘yga aytishga tuzukroq odam topilmadimi? - debdi.
Afandi boyga qarab turib:
— Tuzukroqlar tuzukroq odamlarnikiga aytishga ketdi-da boy ota, - degan ekan.
Agar tushingizda hojatxonani ko‘rsangiz, undan foydalanmang!

Do‘konga kirsam, rastalar bo‘m-bo‘sh! Hamma narsani olib ketishibdi. Un yo‘q, guruch yo‘q, grechka yo‘q, shakar yo‘q, ...
Janjal ko‘tardim. "Nega hech narsa yo‘q" deb baqirdim. 3 kishi meni haydab chiqarishdi. Nima emish?! Bu mebel do‘koni-kumish...!

Bugun ishxonamizdan karantin e’lon qilib uyga javob berib yuborishdi.
Karantin vaqtida ham oylik maoshimiz to‘liq berilishini, tibbiy niqoblar dorixonalarda 500 so‘m ekanini, oziq-ovqatlarning narxi oshmasligini e’lon qilishdi.
Keyin shu joyda men uyg‘onib ketdim...
Er shimini hafsala bilan dazmollayotgan xotinini ko‘rib so‘rabdi:
— Tinchlikmi onasi?! Bugun chiroyli kiyinib ko‘chaga chiqsam, menga qizlar qarar ekan-da...! – desa xotini:
— Dazmollangan, yaxshi kiyingan erkak oilali bo‘lishini hamma qizlar bilishadi, - debdi.
Matbuot anjumanida Krishtyano Ronaldu maqtanayotgan emish:
— Men eng zo‘riman. Men eng kuchli futbolchiman. Men istedodman, - deyayotsa, bir jurnalist o‘rnidan turib:
— Qiynalmay men – Messiman deb qo‘yaqoling, - dermish.