Er shimini hafsala bilan dazmollayotgan xotinini ko‘rib so‘rabdi:
— Tinchlikmi onasi?! Bugun chiroyli kiyinib ko‘chaga chiqsam, menga qizlar qarar ekan-da...! – desa xotini:
— Dazmollangan, yaxshi kiyingan erkak oilali bo‘lishini hamma qizlar bilishadi, - debdi.
Matbuot anjumanida Krishtyano Ronaldu maqtanayotgan emish:
— Men eng zo‘riman. Men eng kuchli futbolchiman. Men istedodman, - deyayotsa, bir jurnalist o‘rnidan turib:
— Qiynalmay men – Messiman deb qo‘yaqoling, - dermish.
Bir yigit yo‘lda ketayotib chiroyli qizga qarabdi.
Yonidagi o‘rtog‘i unga:
— Qarama! Bu qizga kecha men qaragan edim, - dermish.
Maktabdan ko‘zi ko‘karib qaytgan boladan onasi so‘rabdi:
— Buni kim qildi?
Bola:
— Kimligini bilmadim-u, lekin mana uni sochidan namuna, - deb qo‘lida bir tutam soch ko‘rsatibdi.
Erkak kishi uch holatda ichadi:
1. Siqilganidan.
2. Xursandchilikdan.
3. Hammasi joyida bo‘lganda esa - zerikkanidan...
Talabalar yotoqxonasidagi suhbatdan:
— Xonadoshimni go‘shtga yuborgan edim, chorrahadan o‘tayotib, mashina turtib ketibdi. Kasalxonada emish.
— Voy o‘lmasam! Sen nima qilding?
— Nima qilardim? Och o‘tirmayman-ku! Tuxum qovurib yedim.
— Do‘stim, pullarimni qayerda saqlaganim ma’qul?
— Xotirangda saqlaganing durust!
Qarg‘a osmonda uchib ketayotgan reaktiv samolyotga qarab tursa, yonidagi bolasi undan so‘rabdi:
— Oyi, anavi qushcha qanday qilib bunchalik tez uchib ketyapti?
— Sening ham dumingga o‘t qo‘yishsa, shunday uchib ketasan.
Bir erkakning xotini erini jahlini chiqaraveribdi. Oxiri eri uni kaltaklashni boshlabdi.
Shu payt ko‘chadan yoshi ulug‘ mo‘ysafid o‘tib ketayotib, bu janjalni ko‘rib qolibdi va debdi:
— Hoy, nega sen ayolingni bunchalik kaltaklayapsan? Agar xotinni tarbiyalamoqchi yoki jazolamoqchi bo‘lsang, xotin ustiga xotin ol! Shunda ko‘rasan!
Er mo‘ysafidni gapini eshitib tursa, xotini:
— Bu cholni gaplarini umuman eshitmang adasi. Uring, uravering! – degan ekan.
Bir chukcha yozda O‘zbekistonga mehmon bo‘lib kelibdi. O‘zbek chukchaga dasturxon yozib mehmon qilibdi.
Vaqt o‘tib o‘zbek xam Chukotkaga mehmonga borsa, dasturxonda sovuqda muzdek suv turgan ekan o‘zbek:
— O‘zi 30 daraja sovuq bo‘lsa. Bu nimasi? - desa, chukcha:
— O‘zing 40 gradus issiqda menga qaynoq choy uzatganding, oling sovumasin deb... Esingdami? - dermish.