Afandi xotini bilan urushib qolibdi. Ertasi kuni xotini eshakni yetaklab ketayotganida, Afandi:
— Xoy, bu molni qayoqqa olib ketyapsan debdi
Shunda xotini Afandiga qarab:
— Ko‘rmayapsizmi bu mol emas eshak-ku desa.
Afandi xotiniga qarab:
— Cendan so‘raganim yo‘q eshakdan so‘rayapman dermish
Voyenkomatga qo‘ng‘iroq bo‘layapti.
— Allo, assalomu alaykum. Sizlar bir insonni o‘z xohishiga ko‘ra armiyaga olib ketasizlarmi?
— Ha, albatta. Siz o‘zi kimsiz? Qayerdan telefon qilayapsiz?
— Men 737-mahbusman. Qamoqxonadan telefon qilayapman.
Afandi tepakal edi, sochini oldirib bo‘lgach, sartaroshning qo‘liga bitta teshik tanga berib ketayotgan edi, sartarosh:
— Afandi, bu tanga o‘tmaydi, butunini bering,— dedi.
— Tanganing butunini boshimning tepasiga soch chiqqanida olasiz,—- dedi Afandi.
Afandi dalada tushlik vaqtida ikki qo‘shnisi bilan ovqat yegani o‘tirdi. Bitta tog‘orachaga go‘jani qo‘yib, Afandi sherigi bilan unga non to‘g‘ray boshladi, ikkinchi sherigi esa, tog‘orachaga to‘g‘ralgan nonni indamasdan yeyaverdi. Afandi qo‘liga mis cho‘michni olib, uning kallasiga urgan edi, sherigi yumalab jon bera qoldi.
Afandi bo‘lsa nima qilishini bilmay aytar edi:      
— Non to‘g‘ra desang, to‘g‘ramaydi, qoshiqni qo‘lidan qo‘ymaydi, tog‘orachadan ko‘zini uzmaydi, sal narsaga o‘lib yotib oladi, shu ham sherikmi!
Internet orqali yozma suhbat:
— Isming nima?
— Tumanoy.
— Boshing bilan klaviaturaga urilib ketdingmi, yoki rostdan ham shunaqa ism bormi?
— Bor, ishonmasang ana ism.uz dan ko‘r.
Baliq daryoga cho‘milishga borib, cho‘kib o‘lib qolibdi.
Yangi kiyov qaynonasiga telefon qilayabdi:
— Oyi qizingizni olib keting! Qizingiz menga yoqmadi. Arang bir oy chidadim. Menga bunaqa xotin kerakmas!
Qaynona:
— Voy sho‘rim qursin. Kuyov bola har qanaqa olingan mahsulotni 3 kun muddat ichida qaytarish kerak. O‘z vaktida qaytarilmagan mahsulotga ishlab chiqaruvchi javobgar bo‘lmaydi!
Bir yigit armiyaga boribdi, sevgan qizi unga xat yozibdi:
— Jonim mendan xafa bo‘lmang, meni unuting. Biza birga bo‘lolmasakanmiz, yana meni deb o‘zizni u-bu narsa qilib qo‘ymang. Sizda meni 1-ta rasmim boriydi, o‘shani yirtib tashlang, xayr...
1 haftadan keyin qizga konvert kelibdi, konvertni ochib qarasa, 1 ta xat bilan 50 tacha har hil qizlarni rasmi kelibdi, xatda shu so‘zlar yozilgandi:
— Uzr, jonim seni eslolmadim, shu rasmlarni orasida rasming bo‘lsa o‘zing yertib tashla
Poyabzal ustaxonasining direktori Afandiga maqtandi.
— Menga qoyil bo‘ling, kuniga 200 kg mix, 100 kg yelimni tejab qoldim.
— Qoyilman sizga,— dedi Afandi, yirtiq tuflisini ko‘rsatib,— ko‘ryapsizmi, mening tuflim ham «til»ini chiqarib gapingizni ma’qullamoqda.
— Abduraim nimaga buncha xursandsan?
— Ee, oshna lo‘lilardan 50 dollarga barmog‘imday keladigan tilla tross oldim. Esingdami qalbaki 100 dollarni axlatdan topib olgandim?
O‘sha 100 dollarni bergandim, 50 dollar qaytim ham qaytarishdi. Boplabmanmi?
— Iye, bu tillamas-ku, ko‘p xursand bo‘laverma.
— Nega xursand bo‘lmay, axir lo‘lilar qaytimga bergan 50 dollar toza ekan, tekshirtirdim oshna.