Bir yigitni uylantirishibdi. To‘yda hammaga osh berishibdi-yu, kuyovga osh yetmay qolibdi.
To‘y tugagach, kuyov go‘shangaga kirmasdan, tashqarida xafa bo‘lib o‘tirgan ekan, dadasi:
— Ha o‘g‘lim, nimaga tashqarida o‘tiribsan, kelinni yoniga kirmaysanmi? - desa,
— Kirmayman, - deb baqiribdi.
— Nega kirmaysan, - desa, o‘g‘li:
— Osh yeganlar kiraqolsin, - dermish.
— Kecha e’lon bergandim: "O‘zimga turmush o‘rtoq qidiryapman" deb.
— Xo‘sh nima bo‘ldi?
— Bugun bir qop xat keldi. Hammasida bir xil yozuv: "Meni erimni olib keting!" degan.
Hozir 3 yoshli bolakaylar kompyuterda ishlashni, selfi suratga olishni bilishadi. Men-chi, shu yoshimda qora saqichni chaynab, magnitofonda kasseta eshitib yurardim.
Seni orqangdan kulishsa, xafa bo‘lma. Yig‘lashlaridan qo‘rqgin!!!
Qizlar, chiroy o‘tkinchidir! Shuning uchun tirnoq va kipriklarni o‘stirmang, aqlni o‘stirish bilan shug‘ullaning!

Yigit do‘stiga:
— Nima u? Uchib o‘tib ketgan?
Do‘sti:
— 2019 yil! Uchib o‘tib ketdi...

Xotin eriga:
— Ozishimni xohlasangiz, ham bir kilo uchun 100 mingdan to‘laysiz-mi? - debdi.
Eri bo‘lsa:
— Insofing bormi xotin? Bozorda dumbani narxi qancha turishini bilasanmi? - deb kulib yuboribdi.
Botanika o‘qituvchisiga o‘quvchi savol beribdi:
— Daraxtlar yordamida shimol va janub tomonlarni qanday bilib olsa bo‘ladimi?
O‘qituvchi:
— Juda-yam oson-ku! Archa-shimol, palma esa janub.
Olimlarning fikricha, tez orada shartnomalarda yozilayotgan kredit beruvchi tashkilotning shartlarini faqat elektron mikroskop yordamida o‘qiy olish mumkin bo‘ladi.
Ikkita hamkasb suhbatlashmoqda:
— Maoshimni deyarli hammasini sayyohatga sarflayapman.
— Yo‘l haqqi oshganidan xabarim bor...!