Bir odam do‘stinikiga mehmonga kelibdi. Do‘stini xotini dasturxon tuzab, ovqat olib kiribdi. Mehmon sinkovroq ekan, do‘stidan so‘rabdi:
— Do‘stim, bu xotiningni qulog‘idagi zirakni qayerdan olding. Umrim bino bo‘lib, bunaqasini ko‘rmaganman.
— E-e, u zirak emas. Tug‘ilgan kuniga sovg‘a olay desam, hali oylikkacha ancha bor ekan. Kastyumimni tugmasini uzib olib, qulog‘iga qadab qo‘yganman...
Biror bir ahmoqlik qilib qo‘ysam, uylanish uchun kredit olayotgan yigitlar haqida o‘ylayman! Ancha tinchlanaman! Meni ahmoqligim ularniki oldida hech narsa emas ekan...
Folbinga qo‘ng‘iroq bo‘libdi:
— Allo, bu folbinmi? Chorshanba kuniga yozib qo‘ya olasizmi? Qabulingizga bormoqchi edim.
— Buni iloji yo‘q, - debdi folbin.
— Nima uchun?
— Chunki siz seshanba kuni oyog‘ingizni sindirib olasiz!
Yaqindagina vrachlik diplomini olgan yosh olim adasini yoniga xursand kelib:
— Ada, siz necha yildan beri da’vo topa olmagan kasallikka da’vo topdim. Bemorlarni da’voladim, - desa, otasi ensasi qotib:
— Tentak, shu kasallik ortidan necha yildan beri sizlarni boqib kelayotgandim-ku...! - dermish.
— Kompyuterim printerni ko‘rmayapti.
— Qanaqasiga?
— Shunaqa deb yozib chiqyapti. Printerni kompyuterimni oldiga olib kelib qo‘ysam ham ko‘rmayapti.
— Qo‘ling bilan ko‘rsatib ko‘r-chi...!
Xotini eriga maqtanibdi:
— Adasi, bilasizmi, men ertaklar mamlakatidan kelganman...
Eri ensa qotirib:
— Qanaqa mamlakatdan?
Xotini:
— Go‘zal va mehribon malikalar yashaydigan mamlakatdan!
Er:
— Ha, hayda
Shrek multfilmida eshak drakonga uylanganmi? Demak biz albatta turmush quramiz...!
Demak, bunday! Yangi 2020 yilda:
Dehqonlarga - yer maydonlari,
Xizmatchilarga - fabrika, zavodlar,
Turmushga chiqmaganlarga - sovchilar,
Ishsizlarga - kira uchun Matiz,
Norozilarga - bir shapaloqdan!!! Bor sovg‘am shu...
Bitta fil velosiped haydab ketayotsa, yo‘ldan chumoli chiqib:
— Menam haydab ko‘ray, - desa, fil:
— Yo‘q, o‘zi balonlari bo‘shab qolgan, - degan ekan.
— Yaxshi qiz, meni qayerga sudrab ketyapsiz?
— Nikoh o‘qitishga!
— Lekin hali yaxshiroq tanishmadik-ku...?
— Nikoh o‘qitib olaylik. Onam shunaqa deb tayinlagandilar!