Agar siz har oy olgan maoshingizni qutichaga solib borsangiz-u, bir yildan keyin qutichada hali ancha bo‘sh joy borligini ko‘rsangiz, aslo hayron bo‘lmang! Shunchaki, quticha kengayib borayotgan bo‘ladi...
— Do‘stim, bu issiqlar qachon tugarkin?!
— Qishgacha tugab qolar...
Yozda ta’tilga chiqdim. Ta’til pulimni olishim bilan ko‘z o‘ngimga Turkiya keldi.
“Kelaqol! Dengizda mazza qilib dam olib ketasan!” – deb chaqirdi u meni.
Keyin Parij qichqirdi:
“Salom! Eyfel minorasiga chiqishni, sayyohat qilishni yoqtirmaysanmi!?”
Oxiri ko‘z oldimga Qo‘yliq bozorida, tonggi ulgurji bozor keldi:
“Mana, kelaqoling! Qishga murabbo, kompot yopib olasiz. O‘rik, olma, olcha, olxo‘rilar bor...!”
Ikki dugona kitoblar haqida suhbatlashib o‘tirishibdi:
— Sen qanday mavzudagi kitoblarni o‘qishni yoqtirasan?
— Har xil mavzudagilarini. Ammo, qahramonlari ko‘p bo‘lgan kitoblarni o‘qishni yoqtirmayman!
— Nega?
— Qahramonlar ko‘p bo‘lsa, chalg‘ib ketaman.
— Unday bo‘lsa dugonajon, sen faqat “Robinzon Kruzo”ni o‘qishing kerak ekan!
Haqiqiy yigit kishini tarbiyalash qanday qiyin?!
Ayniqsa, u qaynonangizning o‘g‘li bo‘lsa.
Ikki mast odam taksi to‘xtatib:
— Chilonzorga! – deb mashinaga o‘tiribdi.
Haydovchi “Bir bularni ta’zirini beray!” deb 2-3 martta gazni bosibdi-da:
— Yetib keldik! – debdi.
Mast kishilar mashinadan tushib:
— Sekinroq haydasang bo‘lmaydimi!? Biz senga kartoshka emasmiz! – deyishibdi.
Bir kishi yangi zaporoj mashinasini sotib olibdi. Benzini tugab, mashina o‘t olmay qo‘ibdi. Shunda haligi kishi zaporojni old kapotini ochsa, motor yo‘q emish. U motorni kimdir o‘g‘irlab ketgan deb o‘ylabdi-da, orqa kapotni ochib qarasa motor bor emish. “Hayriyat zahira motori bor ekan. Hozir olib joyiga o‘rnataman” deb motorni yecha boshlabdi...
Bir yigit do‘stidan:
— Nega kechasi uxlamaysan? Biror muammoing bormi?
— Ha, muammoim bor! Tungi smenam!
Ofis xodimlari suhbatidan:
— Qara, yana bir hokim pora bilan ushlanibdi.
— Eski xabarlarni o‘qiyapsan!
— Eski emas, yangi...
— Buni yangiligi qolmadi!