Boshliq xonasiga ayol kishi kirdi.
— Mumkinmi?
— Keling xizmat?
— Men sizning haydovchingiz Shoqosimni xotiniman. Erim menga xiyonat qilyapti!
— Siz buni qayerdan bildingiz?
— Kecha kostyumining cho‘ntagidan manabu ayollar ich kiyimini topib oldim!
Boshliq:
— Haydovchim hozir ustaxonada. Buni menga tashlab keting. O‘zim Shoqosim bilan gaplashaman, - debdi.
Boshliq ich kiyimni portfeliga solibdi. Ishlari ko‘payib ketib, haydovchisi bilan gaplashish esidan ham chiqib ketibdi.
Kechki payt uyiga kelsa, xotini:
— Dadasi, uyda non tugabdi. Pul bering, non olib kelay, - debdi.
Boshliq:
— Pul portfelimda, olaqol, - debdi. Xotini sumkani ochib, ich kiyimga ko‘zi tushibdi:
— Dadasi, bu kiyimimni uch kundan beri topolmayman. Sizda ekan-da, - dermish.
Bir kuni Afandi somsa yeb o‘tirib so‘ka boshlabdi. Somsachi kelib unga nega so‘kyapsiz desa
— Yo‘q, men sizni emas, xotinimni so‘kyapman debdi. U har kun aytardi — menga go‘sht olib keling, men somsa qilaman — dyeb, mana, piyozdanam shirin somsa bo‘larkanu.
— Maoshing qancha?
— 100 dollar.
— Voy tentak!
— Soatiga.
— Voy ablah!
Aziz ota-onalar! Havotir olmanglar, sinf xonalari issiq va barcha o‘qituvchilar 100 foiz ishga kelgan. Ta’tilni davom ettiraveringlar!
Ishsizlikni eng yomon ko‘rinishi - ishlamaydigan boshdir!
Afandi bozordan go‘sht olibdi-yu, kabob qilishni bilmasmush.
Qassob odam bir qog‘ozga kabob tayyorlash usulini yozib afandiga beribdi.
Yo‘lda afandining qo‘lidan itlar go‘shtni olib qochibdi. Afandi bo‘lsa itlarni orqasidan "Qog‘oz menda qoldi-ku tentaklar!" dermish.

Bir ayol hikoya qiladi:
— To‘rt yoshli qizim shkafni ochib, kiyimlarni titaveradi. Bugun uni qo‘rqitdim,
— Shkaf ichida yomon amaki bor, ochsang seni o‘g‘irlab ketadi, deb.
Kechki payt erim bilan ovqatlanib o‘tirsak qizim yugurib kelib:
— Oyi, oyi! Shkaf ichidagi amaki ketdimi? deb so‘rasa bo‘ladimi!
Erimga tushuntirgunimcha bo‘larim bo‘ldi!...

Kampir:
— Chol, nimani o‘ylayapsiz?
Chol:
— Sen o‘ylayotgan narsani.
Kampir:
— O‘ling-yey, uyatsiz!
Bitta odam 4 raqamini ayta olmas ekan.
Non do‘koniga kirib "Menga 6 ta non bering. 2 tasi kerakmas" der ekan.
Shaharga ish bilan kelgan xo‘roz grilda aylanib pishayotgan tovuqlarni ko‘rib dedi:
“Qishloqda tuxum rejasi bajarilmayotgan paytda, senlar karusel uchib yurganingga o‘laymi..!”