— Boyib ketganingizni siri nimada?
— 10 yil ablah bo‘lganman.
— Keyinchi?
— Keyin ablah bo‘lib qolaverganman!
— Ha, albatta!
— Nima?
— Ularni qayerdan topish qiziqtiradi.
— Ustoz, siz ham so‘kinar ekansiz-a?!
— Yo‘q, baraka topkur, men ona tilimizning boy imkoniyatlarini ko‘rsatdim senga...
— Katta bo‘lsang, kim bo‘lasan?
Alisher:
— Katta bo‘lsam tadbirkor bo‘laman. Ko‘p pul ishlab topaman, oyimga ko‘p narsalar olib beraman.
O‘qituvchi Valijondan so‘radi:
— Valijon, katta bo‘lsang kim bo‘lasan?
Valijon:
— Katta bo‘lsam, Alisherni oyisi bo‘laman!
— Ular pandemiyaga ham "bir oilaga 1 nafar farzand" degan shartni qo‘yishdi.
— Mana shu tovuqni bozorga olib borib sotib kel.
O‘g‘li ham tovuqni bozorga olib borib yo‘qotib qo‘yibdi.
Uyga qaytib kelsa:
— Tovuqni necha pulga sotding? - debdi otasi.
— O‘zini narxiga berib yubordim ota, - debdi bolasi.
— Bu bog‘ meniki desam, manavi odam meniki deyapti, - deyishsa, advokat o‘ylab turib:
— Bir hafta bog‘ga ikkingiz ham kirmay turinglar, - depti.
Haligi odamlar bir hafta bog‘ga umuman kirishmabdi. Bir kuni sekin poylab kelishsa, advokat bog‘ni ichkarisida o‘g‘li bilan daraxdagi hamma mevalarni terib yurganmish.
— Sizni yoshligingizda qo‘l telefoni bo‘lganmi?
— Yo‘q, bo‘lmagan bolam.
— Planshetchi?
— Yo‘q. U ham bo‘lmagan.
— Peydjeriz bo‘lgandir?!
— Yo‘q.
— Dinazavrlarni ko‘rganmisiz buva?
— ...





