— Doktor, iltimos, hoziroq keling. Xotinimning appenditsiti qattiq bezovta qilyapti!
— Xavotirlanmang, 2 yil oldin xotiningiz appenditsitini kesib olib tashlaganman. Bir odamda appenditsit ikkinchi marotaba o‘sib chiqmaydi!
— To‘g‘ri, doktor. Lekin odamda ikkinchi xotin paydo bo‘lishi mumkin.
Stomatolog xuzurida.
— Doktor, shunaqangi qo‘rqyapman-ki, hatto bilmayapman, tish oldirish qo‘rqinchlikmi yoki bola tug‘ish!!!???
— Go‘zal qiz tezroq hal eting, kresloni shunga qarab joylashtiraman!
Bir mahmadona yigit xudoyi vaqtida hukumat siyosati to‘g‘risidagi bo‘lmag‘ur gaplari-yu, xalqaro ahvol haqidagi nodonlarcha safsatalari bilan o‘tirganlarning miyasini qotirib yuboribdi. Shunda bir mo‘ysafid qariya undan so‘rabdi:
— Kechirasiz o‘g‘lim. Bir savolim bor edi?
— Marhamat, — debdi yigit.
— Qo‘y ham, sigir ham bir xil yem-xashak yeydi-ku, nega ularning axlati har xil?
Yigit o‘ylanib qolib:
— ....Bilmadim,— debdi.
— B...qni ham farqiga bormaysiz-u, siyosatga aralashib nima qilasiz, bo‘tam..?!, — debdi chol.
Mini yubka va kalta maykadagi bir xotin narvon qo‘yib, oyna artayapti. O‘n minutdan keyin uning eri baqiribdi:
— Yig‘ishtir ishingni, pastga tush. Sening shu ahvolda oyna artayotgan rasmingni, Telegram'dagi kanallarga chiqarib yuborishibdi!
Xotinim semizligidan nolib:
— Ozishim uchun nima qilay?
— Tongda qirolichalardek, peshinda malikalardek va kechki vaqt gadolardek ovqatlan. Dedim.
Xotinim tongda huddi qirolichalardek uni yemayman, buni yemayman deb hech narsa yemaydi.
Peshinda huddi malikalardek bu qanday ekan, u qanday ta’m ekan deb bir-bir chimdiydi.
Kechki ovqat vaqti huddi gadoylarga o‘xshab ko‘zi nimani ko‘rsa yeydi.
— Oq Lexus'lik shahzodani haligacha kutib yuribsanmi?
— Avvalam bor o‘zi yaxshi odam bo‘lsin, Lexus'ining rangi esa menga umuman qiziq emas.
Bir oqsoqol mullani yoniga kelib:
— Qori aka men 1945 yili gunoh ish qilganman.
Mulla:
— Qani aytingchi!
Oqsoqol:
— Urush paytida bir amerikalikni nemislardan yashirib uyimda saqlaganman.
Mulla:
— Birodar bu gunoh emas, aksincha yaxshiku, birovni jonini saqlash
Oqsoqol:
— To‘g‘riku-ya lekin har kuni 100$ olardimda.
Mulla:
— Iye, shunaqa deng. Mayli-mayli baribir begunohni jonini saqlagansiz.
Oqsoqol xursand, mulla bilan xayrlashib ostonada to‘xtab mullaga:
— Qori aka nima deb o‘ylaysiz, urush tugaganini unga aytsamikan yoki yo‘qmi?
Bir odam bozordan jo‘ja xo‘roz olib kelibdi. Uyida qari xo‘rozi bor ekan. 2 si har kuni urisharkan. Kunlardan birida qari xo‘roz shunday debdi:
— Darvozagacha kim birinchi borib kelsa, o‘sha boshliq bo‘ladi.
Jo‘ja xo‘roz tez yugurib darvozani oldiga yetgan ekan, xo‘jayin uni otib tashlabdi va:
— Nuqul olib kelgan xo‘rozlarim ko‘chaga yuguradi-ya, - dermish.
Korxona rahbari minbarga chiqvolib:
— Oldin ham yaxshi yashardik, xozir ham yaxshi yashayabmiz bundan keyin ham yaxshi yashaymiz! - desa,
Kotiba o‘rnidan turib:
— Bizchi? - dermish.
Fil bilan sichqon turmush qurishibdi, Taqdir taqazosi bilan fil olamdan o‘tibdi, sichqonni qolgan umri filni ko‘mish bilan o‘tibdi.