— Joon, agar sizni qo‘yib boshqa yigit bilan bo‘lsam achinarmidiz? - desa
— O‘libmanmi yetti yot begana bolaga achinib, - debdi
Eri:
— Ha xotin, nima bo‘ldi?
Xotin yig‘laganicha:
— Kecha onamni mashina urib ketdi, - desa...
Er:
— Xotin bilasanku jag‘im singan. Meni kuldirma, - dermish
— Yana nima bo‘ldi qizim?
— Erim bilan urishib qoldim.
— Har safar qaynonang bilan urisharding-ku?
— Qaynonam shuncha javrasam ham indamay qo‘ydi, man ham kim bilandir gaplashishim kerak-ku.
— Orzularimda…
— Yangi deyishga ham tilim bormaydi. Baqirib-chaqirishidan ancha tajribasi borga o‘xshaydi.
— Usta, yaqinda uylandim. Sizga malol kelmasa, shu sochimdagi, soqolimdagi oqlarni olsangiz, - debdi.
Sartarosh pinagini buzmay mijozning soch-soqolini tagidan qirtishlab olibdi. So‘ng olingan sochlarni haligi kishining oldiga qo‘ydi.
— Kechirasiz, juda shoshilinch ishim chiqib qoldi. Sizga malol kelmasa, oqlarini ajratib tursangiz, - deb chiqib ketibdi.
— Bor hovlilarni supur.
Qiz:
— Vooy, - debdi.
Shunda ota:
— Unda idishlarni yuvib qo‘y.
Qiz:
— Vooy
Ota achchiqlanib debdi:
— Yana bir marta voy-voylasang erga berib yuboraman.
Qiz:
— Voy-voy-voy-voy!
— Dada, fonarigim qani?
— Fonarni nima qilasan?
— Uchrashuvga ketyapman.
— Men uchrashuvga fonar olib bormasdim...
— Ko‘rdingizmi, qorong‘ida kimni tanlagansiz!!!
— Mening ismim Ramziddin, do‘stlarim meni Ram deb chaqirishadi.
— Mening ismim Itolmas, do‘stlarim mening ismimni to‘liq aytib chaqirishadi.
— Shirinim meni, asalim, sen osmondan tushgansan, - desa,
Qiz:
— Voy, bo‘larakanu shunaqa shirin gaplar gapirsayam, hadeb so‘kmasdan...
Yigit:
— Ha, faqat yerga beting bilan tushgansanda, - dermish





