Somsa bilan manti bir-birini sevib qolibdi. Lekin mantini chuchvaraga uzatib yuborishibdi.
Bunga chiday olmagan somsa o‘zini lag‘monga osib qo‘yibdi.
— Amaki, avvallari shirin sut olib kelardingiz, nega olib kelmayapsiz?
— Eshagim sut bermay qo‘ydi, bacham...
O‘qituvchi bolalardan birma-bir oilaviy ahvoli to‘g‘risida so‘ray boshlabdi.
— Qani sen, tur-chi! Dadang nima ish qiladi?
— Dadam soliqda ishlaydi.
— Oilaviy ahvolingiz qanaqa?
— Hammasi zo‘r!
Ikkinchi bolani turgizib so‘radi:
— Sening-chi, dadang nima ish qiladi?
— Hokimiyatda ishlaydi.
— Sharoitinglar qanaqa?
— O-o, klass!!!
Bir bola parta ostiga kirib ketay deb o‘tirganmish. O‘qituvchi uni ko‘rib:
— Sen nega berkinyapsan? Tur-chi!? Dadang nima ish qiladi?
— Dadam tadbirkor.
— Oilaviy sharoitlaringiz qanaqa?
— Anavi ikkalasini dadasi bo‘lmaganida, biz ham zo‘r yashardik.
Og‘ir bemor:
— Doktor, yana qancha yashayman? - deb so‘rabdi.
Doktor:
— Havotir olmang! Uzoq yillar yashaysiz, yaqinlaringiz xotirasida.
Bir yigit kasalxonada boshdan-oyoq gips holatda yotgan emish. Yoniga bir do‘sti uni ko‘rgani keldi va undan so‘radi:
— Iye, Alijon do‘stim qanday qilib bu ahvolga tushib qolding?
Alijon:
— Bir mashina katta tezlikda kelib, qaynonamni urib yubordi.
Do‘sti yana so‘radi:
— Qaynonangni mashina urib ketgan bo‘lsa, sen nega bu ahvolda yotibsan?
Alijon:
— O‘sha mashinani g‘ildiragini o‘paman degandim... shu xolos.
Sigir yong‘oq daraxtga chiqib ketayotgan ekan mushuk ko‘rib qolib, so‘rabdi:
— Hoy sigir, nega daraxtga chiqyapsan?
Sigir:
— Olma yemoqchiman, - debdi.
— Iye, bu yong‘oq daraxti-ku?! - so‘rabdi hayron bo‘lib mushuk.
Sigir bo‘lsa:
— Olma o‘zimda bor, - dermish.
Bir kampirni shifoxonaga olib kelishibdi.
Shifokor kampirga:
— Sizni o‘tgan safar ham qo‘ziqorindan zaharlanishdan davolagan edim. Nima bo‘ldi? - desa, kampir:
— O‘sha qo‘ziqorinni qolganini yeb qo‘yibman, - dermish.
— Yangi Lasetti olibsan. Qanaqa ekan? – deb so‘rabdi yigit do‘stidan.
Do‘sti bo‘lsa:
— Yaxshi. Ishxonaga 20 daqiqada boraman. Uyga esa 2 soatda kelaman, - debdi.
— Nega? – so‘rabdi yigit.
— Chunki oldingi yurishga beshta uzatma bor. Orqaga esa bitta, - dermish do‘sti.
Bir odam yo‘lda ketayotib, juda-yam isib ketibdi.
Do‘konlardan biriga kirsa, muzdekkina ekan. Biroz dam olib turmoqchi bo‘lsa, sotuvchi kelib so‘rabdi:
— Keling, nima olasiz?
Haligi odam:
— Dam olaman, bormi? – dermish.
Talabalar shiori:
3 baho oladiganlar: 3 qo‘y lekin mani tinch qo‘y!
4 baho oladiganlar: Yetsa bilim, yetmasa pulim!
5 baho oladiganlar: Harajatsiz harakat 0 ga teng!