Er-xotin ziyofatdan ichib qaytishibdi. Uyining eshigi oldiga kelib, eri cho‘ntagidan kalitni topolmay tursa, xotini unga qarab:
— Odam bo‘lmay keting! Shunchalik ham ichasizmi?! Eshik qani? Nima qildiz o‘zi eshikni? –dermish.
— Voy, dugonajon! Men yaqinda suvarakka aylanib qolsam kerak...
— Nega?
— Erimga “Ozaman” deb so‘z bergandim. Endi faqat kechalari qorong‘u oshxonaga chiqib, berkinib ovqatlanyapman. Kimdir chiroqni yoqsa, o‘zimni qayoqqa qo‘yishni bilmay shoshib har tomonga yugurib qolaman.
— Konsert qalay bo‘ldi?
U yigit:
— Bravo, - degan ekan.
“Kimning taomi mazali? Xotin tayyorlaganimi yoki ma’shuqami?”
So‘rovnoma natijasida 300 nafar erkak “Xotinim tayyorlagan” deb, 200 tasi esa “Ma’shuqamning ovqatlari” deb javob bergan. Lekin birortasi ham “Bilmayman!” deb yozmagan.
— Xotining nima deb yozibdi?
— E, oʻgʻlim yana beshinchi sinfda qoladigan boʻpti… Oilamizni rossa sharmanda qildi yaramas.
— Yigitlar, sizlar jarimaga tortildinglar.
— Nima sababdan? Mayxo‘rlik qilib o‘tirganimiz uchunmi?
— Yo‘q! 4 soatdan beri ichib, bir martta ham hojatxonaga chiqmaganingiz uchun.
— Ho‘sh motosikl qani?
O‘g‘ri:
— Qanaqa mototsikl?
— Biroz avval qoidani buzib, mendan qochib kelayotganding-ku?!
— Bu nima deganing? Axir men piyoda aylangani chiqdim-ku...
— Aylangani chiqdingmi?
— Ha.
— Kaska kiyib olib-a??? Mototsikl bilan hujjatlarni ko‘rsat, - degan ekan inspektor.
"Haydovchi, oq yo‘l!"
Huddi shu taxtani pastrog‘ida kichikroq e’lon:
"Ko‘prik buzib tashlangan".
— Turaqol, bolajonim! "Kim erta tursa, xudo unga qo‘sh qo‘llab beradi" degan gap rost ekan. Qara,tong saharda sayrga chiqib nima topib oldim. Ichi pulga to‘la hamyon.
Nabirasi:
— Axir o‘sha hamyonni yo‘qotgan odam sizdan oldinroq turgan-ku!?





