Bir ayol shaharni o‘rtasidagi piyodalar yo‘lakchasidan sigir yetaklab ketayotsa, militsiya xodimi uni to‘xtatib debdi:
— Hurmatli fuqaro! Bu yo‘lak faqat piyodalar yurishi uchun mo‘ljallangan.
Ayol bir sigirga, bir militsiyaga qarab:
— Sigirim velosiped haydab ketayotgani yo‘q! Piyoda ketyapti, - degan ekan.
Bir kuni yosh yigit ko‘chada ketayotsa, yonidan chiroyli qiz o‘tib qolibdi.
Yigit:
— Qani endi, sizdi oldingizga bemor bo‘lib borsam-u, siz meni davolasangiz... – desa , qiz ortiga o‘girilib:
— Yaxshi yigit, men tug‘ruqxonada ishlayman, - dermish.
Qimmat mashinada ketayotgan kelishgan ayolni Gai to‘xtatib so‘rabdi:
— Nega mashinangiz oldida boshqa raqam, orqasida boshqa?
— Oldidagi birinchi telefonim raqami, orqadagisi ikkinchi telefon raqamim, - debdi ayol.
Bir odam uyida o‘tirgan ekan, eshik taqillab qolibdi.
Tirqishdan qarasa, MIBdan kelishgan ekan. Uy egasi jim turaveribdi.
Shunda MIB xodimlari:
— Bizda yangi apparat bor. Uyda odam borligini ko‘rsatyapti. Oching eshikni! – deyishibdi.
Haligi odam hayron bo‘lib, eshikni ochibdi-da:
— Qani, ko‘rsatinglarchi... - dermish.
Bir odam o‘rmonda adashib qolib qo‘rqanidan “A-u-u, a-u-u” deb qichqirar edi. Shunda bir ayiq odamning yoniga kelib:
— Muncha qichqirasan?! Hamma yoqni boshingga ko‘tarib, - debdi.
Haligi odam:
— Adashib qoldim. Kimdir eshitarmikan deb baqirayotgan edim, - desa, ayiq:
— Men eshitdim, yaxshi bo‘ldimi!? - debdi.
Bir xonadon qiziga ikkita yigitdan baravar sovchi kelibdi.
Yigitlardan birining onasi debdi:
— Qizingizni meni o‘g‘limga bering.
Ikkinchi yigitni onasi debdi:
— Yo‘q, qizingizni meni o‘g‘limga bering.
Ikki yigitning onasi uzoq tortishibdi. Bundan charchab ketgan qizning otasi har ikkala qaynonaga debdi:
— Hozir qizimni olib chiqib ikkiga bo‘lib tashlaymanda, bir qismini sizga, ikkinchisini esa sizga beraman!
Birinchi qaynona rozi bo‘lib:
— To‘g‘ri! Shunday qilish kerak! – debdi.
Ikkinchi qaynona:
— Bu nima deganingiz?! Unday qilmang, axir qizda gunoh yo‘q, - debdi.
Shunda qizning otasi:
— Bo‘ldi qizimni birinchi yigitga beraman, - desa, ikkinchi yigitning onasi:
— Nega axir? U hozirgina sizni qizingizni ikkiga bo‘lishga rozi edi-ku!? – desa, qizning otasi:
— Ana!!! Shu ayol qizimni haqiqiy qaynonasi ekan! Chunki qaynonalar har doim kelinini burdalab tashlashga tayyor turishadi, - dermish.
— Do‘stim, men uchun hayot tamom! Sevgan qizim meni tashlab ketdi!
— Ha...! Juda yomon bo‘pti. Yer yuzida bittagina qiz bor edi-ya... Lekin endi aqling ishlay boshlaydi!
— Nega yer yuzida bitatgina qiz bo‘lar ekan?! 4 milliard qiz bor-ku!
— Ana ko‘rdingmi?! Aqling ishlay boshladi.
— Sizning o‘rningizda bo‘lganimda, bu erkak bilan gaplashmagan bo‘lardim. Qandaydir shubhali kimsa...
— Kechirasiz, lekin bu - meni erim bo‘ladi...
— Doktor, rahmat sizga. Agar siz bo‘lmaganingizda 5 yil avval o‘lib ketgan bo‘lardim.
— Nimalar deyapsiz bemor?! Sizga rahmat. Agar siz o‘lib ketganingizda, men haliyam eski Matizni haydab, Kaptivani orzu qilib yurgan bo‘lardim.
Restoranda ovqatlanib o‘tirgan mijoz yoniga ofitsiant yugurib kelib debdi:
— Iltimos, baliqni tezroq yeb tugatsangiz!
Mijoz:
— Nimaga? – debdi hayron bo‘lib.
Ofitsiant:
— Restoranimizga SESdan tekshiruv keldi, - dermish.