Afandi kompartiya a’zosi bo‘libdi. Xotini so‘rabdi:
— Dadasi, men unchalik tushunmadim. Partiya a’zosi bo‘lib nima ish bilan shug‘ullanasiz?
— Agitatsiya va propaganda ishlari bilan-da!
— A, nima u? - tushunmay so‘radi xotini.
— Hmm, qanday tushuntirsam ekan... Faraz qil, ko‘chada bir chiroyli ayol ketyapti. Men borib, unga men bilan birga yurishga da’vat qilsam — bu agitatsiya, agar u ko‘nib, menga ergashsa — bu propaganda bo‘ladi. Tushundingmi?
— Sal tushunmagan joyim bor... Agar men ko‘chada ketayotsam, biror notanish erkak kelib, men bilan agitatsiya va propaganda ishlari olib bormoqchi bo‘lsa, men nima qilaman?, - deb so‘rabdi xotini.
Shunda Afandining achchig‘i kelib:
— Sen yaxshisi siyosatga aralashma, xotin!, - deb javob qilibdi....
Ingliz tilidan birinchi dars. O‘qituvchi:
— Bolalar, kim inglizcha harflarni yoddan biladi?
Eshmat (kichkina dasturchi):
— Men!
— Qani, tartib bilan aytchi?!
— Q, W, E, R, T, Y
Bir yigit millionerning qiziga uylanib boyib ketibdi. Uning uyiga bolalikda birga o‘sgan do‘sti mehmonga kelibdi. Xotini choy damlashga chiqib ketgan paytda:
— Og‘ayni bu qizga nega uylanding? Bunchalik xunuk qiz bo‘lmasa, ko‘ziyam g‘ilay, yurishi ham neto, uning ustiga duduq ham ekan, - deb shivirlab past ovozda gapirsa...
— Shivirlamay qattiqroq gapiraver, baribir eshitmaydi, - dermish
Ishxonada birga ishlaydigan juvon erining suyuqoyoqligidan nolib gapirib, u bilan ajrashmoqchi bo‘layotganini aytgan ekan, dadam uni fikridan qaytarishga urinibdi:
— O‘ynash degani nosga o‘xshagan bir narsa, humori tutganda chekiladi-yu, keyin tuflab ketilaveradi, singlim. Ming marta shukur qilingki, siz eringizning nosqovog‘isiz.
Radioga qo‘ng‘iroq:
— Salom, meni ismim Teshavoy! Men kecha diplomat topib olgandim. Ichida 50 ming Yevro va pasport bor ekan. Menimcha diplomat egasini pasporti shekilli, ismi Boltavoy ekan, shu birodarimizga yaxshilik qilmoqchiman.
— Rostanam, pullarini qaytarib bermoqchimisiz?
— Yo‘q, shu odamni nomiga bir qo‘shiq qo‘yib berishingizni so‘rayman.
— Iye, qanaqa qo‘shiq?
— "KAYFUYeM" degan qo‘shiqni qo‘yib bersangizlar degandim!
Bir kishi dengiz bo‘yiga kelib:
“Agar ushlab olsam, qovurib yeyman!” deb baqirayotgan ekan.
— Nimaga bunday deyapsan? - deb so‘rashsa, haligi kishi:
— “Oltin baliq” ushlab olib, undan Ferreri so‘ragan edim. Baliqni darhol qo‘yib yubordim-da, mashinani ichidan meni nomimga rasmiylashtirilgan 700 ming dollarlik kredit qog‘ozi chiqdi.
Morgda:
— Bu ikkalasi koviddan vafot etganmi?
— Ha.
— Bittasini boshi yorilgan-ku?!
— Bozorga tibbiy niqobsiz kiribdi.
— Ikkinchisiga pichoq urilgan-ku!
— Bozorga go‘sht olishga borgan ekan. Qassobni oldida niqobsiz aksirib yuboribdi.
— Doktor, davosi yo‘q qanday dardga chalinibman?
— Pulsizlik dardi...
Ikkita qozoq qiz:
— Dugonajon, seni yigiting qachon olib qochadi-yu, to‘y qilasizlar?
— Bilmadim, hozircha faqat gapni olib qochyapti!
— Allo, adasi uyimiz yonyapti!
— Namuncha vahima qilasan?! Har kuni yonmayapti-ku!