Afandi bozor aylanib yurib, bir zargarlik do‘koni yonida tilla buyumlarni tomosha qilib, uzoq turib qoldi.
— Ha, birodar, buncha tikilib qoldingiz? — deb so‘radi zargar.
— Mana bu oltin buyumlarga havasim kyelib qoldi. Nazarimda, bu zargarlik do‘koni bo‘lsa kerak-a?
— Yo‘g‘-e, ko‘zingiz ojizroqmi o‘zi? — dedi zargar o‘zicha hazillashgan bo‘lib, — bu yerda eshakning kallasi sotiladi-ku!
— Shunaqami? Menimcha, savdongiz juda o‘ngidan kelayotganga o‘xshaydi-ya?
— Qayoqdan bildingiz?
— Shunday katta do‘konda faqat bittagina eshakning kallasidan boshqa narsa qolmabdi-ku!— dedi Afandi zargarning kallasiga ishora qilib...