— Ana ko‘rdingizmi? Men rost gapiryapman, - debdi advokat sudyaga qarab.
Sudya:
— Gapingizni tugatdingizmi? Bu yerda sud ketyapti!!!
— Keyingi paytlarda kunduz kunlari dahshatli darajada bo‘shashadigan bo‘ldim. Nuqul uyqum kelaveradi. Tunda esa buni teskarisi. Rosmanasiga to‘laqonli, haqiqiy erkakning umrini kechirayotganday bo‘laman.
— Tunda nima ish qilasan o‘zi?
— Uxlayman.
— Qani anavi ablah?! Hozirgina shu yerda paltolarni olib kiyib ko‘rayotgan edi. Qochib ketdimi???
— Shu yerdaman! - dedim.
— Ha shu yerdamidingiz? Tanimay qolibman sizni, - dedi sotuvchi.
Darhol egnimda turgan paltoni sotib oldim. Men tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketibman demak!!!
Domla yigitdan so‘rabdi:
— Falonchi o‘g‘li falonchi, falonchini qizini tan mahramlikka olishga rozimisiz?
Yigit:
— Menga baribir, farqi yo‘q! - debdi.
Navbat qizga kelibdi:
— Falonchi qizi, falonchining o‘g‘li falonchibekka turmushga chiqishga rozimisiz?
— Menga baribir, - debdi qiz.
Domla duoga qo‘l ochib:
— Menga ham umuman farqi yo‘q, baxtli-saodatli bo‘linglar, - degan ekan.
Yana-yam ma’suliyatsizlik bilan qara, yana-yam...
His qilyapsanmi? Befarqlik iforini isi kelmoqda...
— Qizim, seni yaxshi tarbiyaladik, konservatoriyada o‘qitdik! Nimaga shu taksi haydovchisiga tegmoqchi bo‘lyapsan?
— Chunki ular hurrakni lya minorda otadilarda shunga.
Ayollarni yuzida yarim kilo atir-upa bo‘lsa ham hech kim indamaydi. Lekin erkakning yuzida ozgina lab bo‘yog‘i ko‘rib qolishsa, ... qiyomat bo‘ladi-ya!
— "Yo‘qol! Bu ayollar hojatxonasi!!!".





