Saratonning issiq kunlaridan birida akula rosa chanqapti. Plyajdagi barga kirib, muzdek pivodan to‘yib ichibdi. Keyin yelkasiga sochig‘ini tashlab, cho‘milgani dengizga o‘zini otibdi.
— Allo, eshitishimizcha, siz ish qidirayotgan ekansiz...?!
— Ha! Siz menga ish taklif qilmoqchimisiz?
— Yo‘q. Kreditga uy taklif qilmoqchiman. Ishga joylashib olgach, shu raqamga qo‘ng‘iroq qilib qo‘ysangiz...!
Haydovchilik guvohnomasiga o‘qiyotgan ayolga instruktor debdi:
— Men to‘xtang deyapman. Siz nima qilyapsiz?!
Ayol:
— To‘xtayapman...
Instruktor:
— Mashina to‘xtasin, sizni miyangiz emas!
Qo‘shnimnikiga kirsam, xotini qo‘y go‘shtidan sho‘rva qilgan ekan. Meni ko‘rib ensasi qotdi.
— Adasi kelaqoling, ovqat pishdi, - dedi-da, eriga bir kosada sho‘rva, bir laganda go‘sht olib kelib yoniga qo‘ydi. Qornim och, nima qilishni bilmay, ichimda “Shoshmay tur!” deb tursam, qo‘shnim:
— Go‘shtdan oling, - deb qoldi. Lagandagi go‘shtga qo‘l uzatib bir bo‘lagini tishladim-u, “Voy-dod” deb yerga ag‘anadim.
Shu payt qo‘shnim meni ko‘rib qo‘rqib ketdi-da, xotiniga:
— Sen jodugar meni zaharlamoqchi bo‘ldingmi? – deb o‘dag‘aylab quvlab ketdi.
Sekin o‘rnimdan turdim-da, sho‘rva va bir lagan go‘ shtni paqqos tushirib “Ziqna bo‘lish shunaqa bo‘ladi!” deb uyimga jo‘navardim.
Feysbuk - aqlga o‘xshaydi.
Hammada bor. Lekin kimlardir ishlatyapti, kimlardir yo‘q...!
Yoki Telegrammga o‘xshaydi. Ba’zan ishlamay qoladi.
— Nega sizlar mashq qilmayapsizlar?
Bokschilarimiz javob berishibdi:
— Bizlar ringga chiqganda mashq qilamiz...
Bir kuni chiroq ichib-ichib, keyin oʻchib qolibdi.
Shahardagi butik-doʻkonlarning sukunati ichidan baʼzida shunday soʻzlar yangrab qoladi:
“Voy, dahshat-ku!”, “Bunisi undanam qimmatroq ekan”, “Tilladanmi!?”
Hofizlar ertalabki nahor oshidagi xizmatlariga kech qolib, mashinada shoshib toʻyxonaga ketayotishsa, orqa oʻrindiqda oʻtirgan shogirdi qoʻshiq xirgoya qilishni boshlabdi. Shunda “Sostav” boshligʻi:
— Jim ketgin, asabimni “buzmasdan”! Oʻzi kech qolib ketyapmiz, - desa, shogird:
— Ha, toʻyni egasi soʻrasa, biz bir soat oldin boshlaganmiz deymiz, - degan ekan.
Men 3 oydan beri bitta kitobni o‘qiyapman. Nomi: Ingliz tilini 3 kunda o‘rganing.