—O‘g‘lim koptoging qani?
—Bir qizchaga berdim, biroz o‘ynab qaytarib berarkan. Yonida bobosi ham borakan,- dedi o‘g‘li.
Onasi o‘g‘lining saxiyligidan quvonib tursa, eshik taqillab, koptokni olgan qizalok va bobosi qo‘lida shokolad bilan kirib kelishibdi.
Bolakay koptogi va shokoladni olib, cho‘ntagidagi uyali telefonni qizchaning bobosiga qaytarib beribdi.
— Man sanga kechasi ko‘chada yurishga ruxsat bermiyman. Bilasanmi san endi 17 ga kirding, man sani yoshingda...
— Bilama-a-n oyi, bilaman. Siz mani yoshimda uyda o‘tirgansiz, chunki u paytda man 5 oylik chaqaloq bo‘lganman.
— Jim o‘tir. Tog‘ang o‘lgan uyat bo‘ladi.
— Oyi televizorni yoqaylik.
— O‘g‘lim, tog‘ang o‘ldi. Mumkin emas.
— Aka, televizorni ko‘raylik.
— Dadam, oyim aytishdi-ku tog‘am o‘lganini. Jim o‘tir.
— Nima tog‘amdan boshqa hech kim televizor yoqishni bilmaydimi?
— It sizni talagan ekan, boltaning sopi bilan urib haydasangiz ham bo‘lar edi-ku!
— It dumi bilan qopsa, boltaning sopi bilan urar edim, beti bilan qopgandan keyin, men ham boltaning beti bilan chopdim-da! O‘zidan ko‘rsin!
— Xotiningni nimaga tashlading?
— U bunday baxtga loyiq emasdi.
— Salom bergan bolalarni juda yaxshi ko‘raman. Qani endi, boshqa bolalar ham senga o‘xshash salom berishni bilishsa!
Bola nariroqqa borib ingichka ovozda salom berdi, Afandi yana yong‘oq uzatdi, ko‘chaning o‘rtasiga yetmasdanoq bola yo‘g‘on tovushda salom berib, yana bir yong‘oq oldi, tor ko‘chaga burilmasdan xirillagan tovush bilan salom bergan edi, Afandi bilib qolib:
— Salomni yong‘oqqa alishib yeb, tomog‘ing og‘rigan shekilli, tovushing chiqmayotibdi, yong‘oq yema!— dedi.
Optimist tunnelni va uzoqdagi nurni ko‘rdi.
Realist tunnelni, nurni va yaqinlashib kelayotgan poyezdni ko‘rdi.
Mashinist esa relsda o‘tirgan uch ahmoqni ko‘rdi.
— Sen qanaqa odamni skeletisan?
— Men semiz odamni skeletiman.
— O‘zingchi?
— Men oriq odamning skeletiman, - debdi.
Skameykada bir skelet o‘tirgan ekan, xaligilar:
— Uka, siz qanaqa odamni skeletisiz, - desa:
— Tog‘a men skelet emas, studentman dermish.





