Hayotida nimanidir almashtirishga qaror qilgan Valijon, valyuta almashtirish shoxobchasini ochdi...
Rokfeller degan odam 100 million pul yig‘ishni va 100 yoshga kirishni niyat qilgan ekan.
300 million pul yig‘ibdi-yu, 97 yoshga kirib qazo qilibdi.
Hamma niyatlar ham amalga oshavermas ekan-da...
Agar dushanba kuni ishga chiqishga qiynalsangiz, dam olish kunlarisiz ishlang!
Sudya ayblanuvchiga debdi:
— Siz odamlarni pichoq bilan qo‘rqitib, bitta mashina, ikkita qo‘l telefoni va besh million pulga ega chiqibsiz. O‘zingiz nima deya olasiz?
— O‘rtoq sudya siz bitta bolg‘acha bilan beshta mashinalik, to‘rtta uylik, ikkita dalahovlilik va yana yaxtalik bo‘ldingiz-ku, menga nima bo‘pti?!
Bir yigit vrach yoniga kelib, debdi:
— Nuqul qizlarga qaradim deguncha, do‘stim Dilshod yodimga tushadi.
Qo‘rqib ketgan vrach yigitdan sal nariroq surilib, g‘alati qarab turib:
— Nega qizlarga qarasangiz, birdaniga do‘stingiz yodingizga tushadi? - desa, yigit:
— Chunki Dilshod menga "Qizlarga ishonma! Ular yolg‘onchi bo‘lishadi degandi, - dermish.
Har bir qizda faqatgina o‘tirish qulay bo‘lgan tuflisi bor!
Advokat: "Ikki-uchta ishni hal qilsam, mashina olaman"
Vrach: "Ikki-uchta operatsiyani o‘tkazsam, hovli olaman"
O‘qituvchi: "Ikki-uchta daftarni tekshirsam, olovni yoqib olishga qog‘oz bo‘ladi..."
Ota o‘g‘lini urishyapti:
— Endi bildingmi, nega senga shapaloq tushirganimni?!
Bola:
— Doim shunaqa qilasiz. Avval urib, keyin sababini mendan so‘rab yurasiz?
Chumolilarni bir hafta kuzatdim. Na majlisga kirishadi, na hisobot topshirishadi.
Faqat ishlaganlari ishlagan!
Bolakay onasidan so‘rabdi:
— Nega dengizning suvi sho‘r?
Onasi debdi:
— Baliqlar sasib qolmasligi uchun tuzlab qo‘yishgan bolam...