Jarroh kuyov, qaynotasini operatsiya qilishga tayyorlanmoqda.
Qaynota:
— Ishga juda jiddiy qarang, kuyovbola! Shuni unutmangki, men o‘lsam, qaynanangiz shu kuniyoq qizinikiga ko‘chib boradi.
Bir kuni podsho Afandidan so‘rab qoldi:
— Shu odamlarga hayronman-da. Doim bir-birlari bilan janjallashganlari-janjallashgan. Janjal nimadan chiqarkin-a, Afandim?
— Odamlar bir-birlariga behosdan «ahmoq bo‘lma!» deb yuboradilar. Janjal shundan chiqadi.
— Bo‘lmagan gap! Shu arzimagan gapdan ham janjal chiqadimi?!
— Chiqadi.
— Chiqmaydi!
— Ahmoq bo‘lmang! — dedi Afandi jo‘rttaga.
— Jallod!— deb qichqirdi podsho azbaroyi jahli chiqib ketganidan.
— Ana, aytmadimmi, taqsir, bitta «ahmoq bo‘lma»ga janjal tugul, o‘lim chiqdiku! Boring bo‘lmasa, ahmoq bo‘la qoling!
Bilasizmi nima sababdan erkaklar ayollar uchun tik turib qadah ko‘tarishadi?
Ayollar ularning qulog‘iga "bugunga yetar" deya vishillamasligi uchun!
Mashoyixlarning gapi bor: Ravon yo‘l, albatta biron bir boyning uyiga olib boradi.
Allo, militsiya, men yo‘lda qo‘yni bosib yubordim.
— Yo‘l chekkasiga surib qo‘yib, ketishni davom etavering.
— Xop, a velosipedini nima qilay?
Kichkinagina bolakay yo‘lda ketayotib o‘zicha qo‘shiq aytayapti:
— Oh, endi seni o‘zganing lablari erkalaydi!
Bir yigit uni eshitib dedi:
— Nima sevgan qizing tashlab ketdimi?
— Yo‘q... Chupa-chupsimni yo‘qotib qo‘ydim...
Futbolchilar maydonga mamlakatni shon-sharafini himoyalaymiz deya baland parvoz gap bilan chiqishdi, aslida esa oddiygina futbol o‘ynasalar yetardi.
Er xotiniga maqtandi:
— Qara, qanchalik ko‘p baliq ovladim!
— Boshimni qotirmang! Qo‘shnimiz uyga kelishdan avval baliq sotadigan do‘konga kirganingizni ko‘ribdi…
— Nimasini aytasan… Baliq ko‘pligidan yarmini do‘konga topshirishimga to‘g‘ri keldi…
Nikoh - shunday voqeaki, undan so‘ng erkak gul sotib olishni to‘xtatib, oziq-ovqat sotib olishni boshlaydi.
Chol dengizdan tilla baliq tu­tib oldi. Tilla baliq tilga kir­di:
— Kampiring haliyam bormi?
— Ha.
— Unday bo‘lsa meni yeb qo‘yaver.