Maktabda tabiatshunoslik fani o‘qituvchisi o‘quvchilarga debdi:
— Aytinglar-chi bolalar, parrandalar bizlarga nima beradi? Sen ayt-chi, Valijon...
— Tuxum beradi, ustoz.
— Yana nima beradi Madina?
— Go‘sht beradi.
— To‘g‘ri. Parrandalardan yana nima olsak bo‘ladi, Olimjon?
— Bilmayman ustoz.
— Nega bilmaysan!? Seni adang uxlaganda boshiga nima qo‘yib yotadi?
— Yostiq...
— Xo‘sh? Ana shu yostiqni qaychida kesib, ichini ochsak nimani ko‘rasan?
— Men tomonga kaltak ko‘tarib kelayotgan adamni ko‘raman, ustoz.
Er har kuni ishdan kelib xotiniga:
— Choy damla, bor, — derkan.
Bir kun xotinining jahli chiqib:
— Har kun shu ahvol. Bor choy damla, ovqating tayyormi, - deysiz. Qachon biz ham madaniyatli insonlarga o‘xshab adabiyot, musiqa haqida gaplashamiz, — debdi.
Bu gap erini o‘yga solibdi. Ertasiga eri ishdan kelib xotiniga:
— Jonim "Otello"ni o‘qiganmisan?
— Yo‘q.
— Oxunjon Madaliyevni qo‘shiqlarini eshitganmisan?
— Kim u?
— Muhammad Yusufni birorta she’rini yodlaganmisan?
— Yo‘q, yodlamaganman.
— Chaykovskiyni biror bir simfoniyasini eshitganmisan?
— Yo‘q, eshitmaganman.
— Tur, unda choy damla...
Xotin eriga nolibdi:
— Bilganimda, sizgamas, shaytonga turmushga chiqardim!
Eri:
— Aka-singillar turmush qurishmaydi, - dermish.
Amerikalik turist o‘zbek bilan Samarqandni aylanib yurib:
— Bu yerlarda binolar past ekan, masalan manabu bino bizda bo‘lganida 10 barobar baland bo‘lardi, - debdi bir binoni ko‘rsatib.
O‘zbek:
— Ha, albatta axir bu jinnixonaku, - dermish.
Bir qiz uyiga dugonasini mehmonga olib kelibdi. Dugonasi hammomga kirishga ijozat so‘rabdi va hammomga kiribdi.
Hammomdan chiqib:
— Hammomda ikki xil sochiq bor ekan. Birida "K", ikkinchisida "B" belgilari bor ekan. Men "K" belgisi boriga artindim. Axir "K" — Kattalar uchun, "B" — Bolalar uchun, to‘g‘rimi?, — debdi.
Shunda qiz:
— «B» — Betniki edi, — debdi.
Afandi bir kuni eshak minib ketayotsa, chorrahada DAN xodimi ko‘rib Afandini to‘xtatibdi, shunda Afandi tormoz ishlamaydi, deb o‘tib ketibdi.
Ayol boshchilik qiladigan firmada bir yigit ishlar ekan, u hamma bilan garov o‘ynab doim yutib olarkan, buni eshitgan boshliq yigitni chaqirib:
— Siz garovda hammani yutar ekansiz, buni siri bormi? - deb so‘rabdi.
Yigit:
— Hech qanaqa sir yo‘q, xohlasangiz siz bilan ham o‘ynab yutishim mumkin, - debdi.
Ayol:
— Mayli, nima haqida o‘ynaymiz?
Yigit:
— Ishonasizmi, rosa 3 kunda sizni yelkangizda xol paydo bo‘ladi, - debdi.
Xullas ular 100$ dan bahslashibdi. Oradan 3kun o‘tib ayol yigitni chaqirib:
— Yigitcha, siz yutqazdiz, hech qanaqa xol chiqmadi, - desa.
Yigit:
— Yo‘g‘-ye, ko‘rsatingchi?
Ayol ko‘rsatibdi, yigit pulni berib chiqib ketayotsa
Ayol:
— Ha yigit, nima bo‘ldi? 100ga tushdiz-ku, - desa.
Yigit:
— Zarari yo‘q, xonim, ana u derazadan poylab turgan uchchovi bilan boshlig‘imizni yechintiraman deb, 300dan garov o‘ynaganman, - dermish.
Musiqachi uyida baraban chalib o‘tirgan ekan, qo‘shnilari ajoyib musiqa ovozi ko‘chaga ham balandroq eshitilsin deb uni derazasini tosh bilan sindirib ketishibdi.
— Oyijon suv olib keling.
— Borib o‘zing olib kela olmaysanmi?!
— Oyi, suv deyapman!
— Hozir kaltak yeysan! Turgin-da, o‘zing olib kelib ich!
— Oyijon, kaltakka borganingizda suv ham ola keling...
Bir kuni kechasi afandi uyda o‘tirsa, qo‘shni xonadan shovqin eshitilibdi.
Afandi devorda ilinib turgan miltig‘ini sekin olib xonaga kirsa, ro‘parasida qop-qora narsa turganmish.
Afandi “paq” etib otibdi. Haligi narsa baribir shundoq turganmish.
Sekin borib qarasa, o‘zini choponi ekan. Shunda afandi:
— Yaxshiyam ichida o‘zim yo‘qligim. Bo‘lmasa, o‘zimni otib qo‘yardim, - dermish.