Boshqalar haqida latifalar
Faqat ishlaganlari ishlagan!
Ish tartibi:
1. Asfaltga yo‘l chiziqlarini chizish.
2. Asfaltni yangilash.
3. Asfaltni kavlab, kanalizatsiya quvurlarini almashtirish.
— Allo, bu folbinmi? Chorshanba kuniga yozib qo‘ya olasizmi? Qabulingizga bormoqchi edim.
— Buni iloji yo‘q, - debdi folbin.
— Nima uchun?
— Chunki siz seshanba kuni oyog‘ingizni sindirib olasiz!
Optimist tunnelni va uzoqdagi nurni ko‘rdi.
Realist tunnelni, nurni va yaqinlashib kelayotgan poyezdni ko‘rdi.
Mashinist esa relsda o‘tirgan uch ahmoqni ko‘rdi.
— Ertalab 6:00 da uyg‘ongandim. Keyin ko‘zim sal ilinibdi-da...
Voy! (Uyg‘onib ketib...) Iye, ishxonada ekanman-ku... Ko‘rgan tushim qurib ketsin...!
— Faqatgina o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rgan narsalarni ayting! Demak, tug‘ilgan sanangiz?
— Bilmayman, o‘rtoq tergovchi. Buni men ko‘zlarim bilan ko‘rmaganman!





