Bolalar haqida latifalar
— Ha, qizim.
— Dadam xizmatkor opani "farishtam” — dedi. Xizmatkor opa endi qachon uchadi?
— Iye, rostan-a? Unda bugunoq uchadi.
— Adam sizlarni qul qilib sotib olganmi?
— Ha, - dedim men ham kulib.
Shunda qizaloq mehribon ohangda:
— Xavotir olmang, katta bo‘lsam hammangizni o‘zim ozod qilaman, - deydi.
— Namuncha ko‘p suv ichyapsan?
— Olma yegandim.
— Xo‘sh, nima bo‘pti?
— Uni yuvmasdan yegandim...
— Sen bunday qimmat bilet uchun pulni qayerdan olding?
— Dadam olib berdi.
— Dadang qani o‘zi?
— Uyda... biletni qidiryaptilar.
— Oyijon sizni ko‘zingiz qorong‘ida ko‘radimi?
— Yo‘q, ko‘rmaydi, nimaga so‘rayapsan?
— Kecha kechqurun dadamdan soqolingiz o‘sibdi deganizga, - debdi.
— Dada, sizdayam "press" bormi?
Ota:
— Press yosh bolalarda bo‘ladi. Kattalarda qorin bo‘ladi, - debdi.
— Sinf rahbarimni o‘zlari iltimos qildilar-da!
— Qanaqasiga axir?
— Ahmedov, nega orqa partada xingillab o‘tiribsan. Doskaga chiqib sababini ayt! Bizlar ham kulaylik, - dedilar o‘qituvchim. Keyin men gapirib berdim...
— Sen nega kechikib kelding ?
O‘quvchi:
— Men bozorda poyabzal sotaman, shuning uchun kechikdim, - deb javob beribdi
O‘qituvchi xursand bo‘lib:
— Razmerimni bilasana? - deb kiritibdi
2-o‘quvchidan so‘rabdi:
— Sen nega kechikib kelding?
O‘quvchi:
— Men bozorda gazlama sotaman, - deb javob beribdi
O‘qituvchi yana:
— Razmerimni bilasana? - deb kiritibdi.
3-o‘quvchidan so‘ramasdan joyiga o‘tkazgan ekan...
O‘quvchi:
— Ustoz men go‘rkovman, sizning razmeringiz nechi? - deb so‘rabdi.
— Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar bu nima Axmat?
— Bu meni dadam!
— O‘tir xazilkash bu nima deganing!?
— Ustoz to‘g‘ri-ku, dadam ichib kelgan kunlari qo‘l oyoqlarini ishlatmay, boshi bilan eshikni surib kiradida uyga...





