5 yoshli bolakay ko‘chaga o‘ynagani chiqib ketayotib, 87 ga kirgan buvasiga debdi:
— Buvajon, tishlaringiz bormi?
Buvasi:
— Voy, menda tish qolibdimi?! – debdi.
Bolakay xursand bo‘lib:
— Unda mana bu kulchamni ushlab turing. Men ko‘chada biroz o‘ynab kelaman, - degan ekan.
Bir badavlat erkak mashinasida ketayotsa, yo‘l chetidagi chimni yeyayotgan daydi odamni ko‘rib qolibdi. Mashinasidan tushib unga:
— Hoy nima qilyapsan? Nega o‘t yeyapsan? – deb so‘rasa, daydi:
— Nima qilay? Qornim och... Hech bo‘lmasa shu chimni “g‘ajib turay” – debdi.
Boy mashinasini eshigini ochib:
— Chiq! Bugun men sahiyman! Ketdik, bir joyga olib boraman, - debdi.
Kambag‘al daydi mashinaga chiqib, o‘zida yo‘q xursand bo‘lib:
— Hamma odamlar boylarni ziqna, bahil deyishadi. Aslida unaqa emas ekan-ku! – desa, boyvachcha:
— Bugun men juda sahiyman. Hozir seni dalahovlimga olib boraman. U yerdagi chimni o‘rishga anchadan beri vaqtim bo‘lmayotgan edi. Istaganingcha yeyaver! – degan ekan.
O‘g‘li otasiga debdi:
— Ada, nega gorillaning burun teshiklari buncha katta?
Adasi o‘ylanib turib:
— Chunki gorillaning barmoqlari katta-da! – degan ekan.
Er:
— Bilasanmi, xotinjon, tuya sakkiz kun ishlab, hech narsa ichmasligi mumkin ekan!?
Xotin:
— Men sakkiz kun ichib, hech qanday ish qilmaydigan tuyani-yam bilaman, - dermish.
Afandi baliq tutib oʻtirgan yosh bolalarga debdi:
— Hozir baliq tutmanglar! Hozir baliqlar bolalaydigan payt!
Bolalar:
— Amaki, buni oʻzimiz ham bilamiz! Biz erkak baliqlarni tutyapmiz, - debdi.
Ikki do‘st birga o‘tirsa, biri o‘rnidan turib ketayotgan ekan, narigisi so‘rabdi:
— Qayoqqa ketyapsan?
— Suv ichib kelaman.
— Meni o‘rnimga ham ichib kel, - debdi sherigi.
Bir payt suv ichib kelayotgan do‘sti xursand, kulib kelayotganmish.
— Nega kulyapsan? – desa, do‘sti:
— O‘zim uchun toza suv ichib, sen uchun loy suvdan ichdim, - debdi.
Kiyim do‘konida er-xotin aylanib yurishgan ekan, eri birdan xotiniga do‘q urib:
— Anavi erkak nega senga ko‘z uzmay qarayapti??? - debdi.
Xotini:
— E adasi, bu maniken-ku! - desa, eri:
— Hali uni ismini-yam bilasanmi?! - dermish.
Sms suhbati:
— Salom yaxshi qiz!
— Salom!
— Tanishsak bo‘ladimi? Ismingiz nima?
— Menikimi? Shohida.
— Meniki esa bargida.
Bir odam yo‘lda ketayotsaa, Afandi chuqur qaziyotgan ekan. Afandini bu ishini ko‘rib, undan "nega chuqur qaziyapsiz? Simyog‘och o‘rnatasizmi?" deb so‘rasa, Afandi:
— Yo‘q, ishga kirmoqchi edim. Rasmga tushib keling deyishdi.
— Rasmga tushishga chuqurni nima aloqasi bor? - desa Afandi:
— Ish joyiga yelkadan tepasini rasmi kerak ekanda, - debdi.
— Ha, nega unda uchta chuqur kavlayapsiz, - desa? Afandi:
— Ish joyidan uchta rasm so‘rashgandi, - deb javob bergan ekan.
Bir kuni afandi bitta rus va kareys bilan garov o‘ynabdi. "Kim muzlatgichni ichida ko‘p turadi" debdi.
Uchchalasi uchta muzlatkichga kirib olishibdi. Oradan yarim soat o‘tgach, koreys chiqib kelibdi.
Bir soatdan keyin rus qaltirab chiqibdi.
Afandi oradan 3 soat o‘tsa ham jimmush.
Sekin rus muzlatkichni eshigini ochib qarasa, afandi:
— Eshikni yop! Sovuq kiryapti, - debdi.