Texnika oliy o‘quv yurtiga kirgan 1-kurs talabasi o‘qishning ilk kuni birinchi para darsda o‘tirib ma’ruza tinglamoqda:
“Kvant maydon nazariyasida zeta tartibga solish murakkab o‘zgaruvchining funksiyasi bo‘lgan Riyemann zeta funksiyasidan foydalanish...”
Talaba cho‘ntagidan qo‘l telefonini chiqarib, qo‘ng‘iroq qilib past ovozda debdi:
“Ada, fikrimdan qaytdim. Armiyaga boraqolay...!”
Xotinining janjallaridan to‘yib ketgan er ortiq bundan yashab bo‘lmasligini tushunib yetibdi. “Bir nima qilishim kerak!” deb o‘ylabdi-da, shartta derazani ochib tokchaga chiqibdi. 6-qavatdan pastga qarab tursa, xotini chiqib qolibdi:
— Nima qilyapsiz, adasi? – debdi xotini.
— Xayr xotin! Ortiq sen bilan yashay olmayman! Jonga tegdi! Hozir o‘zimni shu yerdan tashlayman! – debdi eri.
Xotini yugurib oshxonaga kirib ketibdi. Zum o‘tmay, qo‘lida axlat chelak bilan chiqib debdi:
— Adasi shuni ham olib keting. Baribir pastga ketyapsiz-ku...!
Barchangizni kirib kelgan yangi yil bilan tabriklaymiz!

2017 yilda barchangizga salomatlik, omad, xayrli ishlaringizda rivoj tilaymiz. Qalbingizdan quvonch, oilangizdan shodu-hurramlik aslo arimasin. Yil davomida www.latifa,uz bilan tabassum qiling!!!

Bizni latifalarni o‘qiganlar 100 yoshga kirib yursin! O‘qimaganlar esa 99 ga...!
Talaba yigit do‘stidan so‘rabdi:
— Sen shaharni mendan yaxshiroq bilasan. Temuriylar muzeyi qayerda?
Do‘sti ko‘p o‘ylanib o‘tirmay:
— Albatta bilaman. 1000 so‘mlik pulni orqa tarafida turibdi-ku, - dermish.
Maktabda ustoz so‘radi:
— Uyimizni nega toza tutishimiz kerak ekan?
O‘quvchilar javob berdi:
— To‘satdan mehmon kelib qoladi. Shuning uchun!
Psixiatr vrachdan do‘sti so‘rabdi:
— Nimaga sen bemorlaringdan qanday mashinasi borligini so‘rayapsan? Buni kasallikka nima aloqasi bor?
— Eh do‘stim, shunga qarab bemorimdan qancha pul olishni mo‘ljallayman-da!
Kafeda Amerikalik, Turk, Turkman va O‘zbek o‘tirgan ekan.
Amerikalik "men qadahimni amerika dollarining yanada obro‘li bo‘lishi uchun ko‘taraman" debdi.
Turk "men ushbu qadahni turkning go‘zal raqqosalari uchun ko‘taraman" debdi.
Turkman "men esa dunyo bo‘yicha yetakchilikni bermay kelayotgan gilamlarimiz uchun ko‘taraman" debdi.
Ular mag‘rur turib o‘zbekka qarashdi. "Sen nimang uchun ko‘tarasan qadahni?" dedi ulardan biri.
O‘zbek "men qadahimni turkmanning gilamini ustida turkning qizlarini o‘ynatib, ustidan amerikalikning dollarini sochadigan mard va boy o‘zbeklarimizning ko‘payishi uchun ichaman" degan ekan.
Agar bitta o‘qituvchi hamma fandan dars bera olmasa, nega bitta o‘quvchi hamma fanlarni bilishi kerak?
Shahar tashqarisida 100 km soat tezlikda shoshib ketayotgan haydovchining ko‘zi yo‘l chetidagi "Oq yo‘l! - 50" degan yozuvga tushibdi. Radar bor ekan-da, deb o‘ylagan haydovchi va darhol tezlikni 50 km soatga tushiribdi. Yarim soat yuribdi. Yo‘l chetida yana "Oq yo‘l! - 20" degan yozuv chiqibdi. Aniq YPH xodimlari turgan bo‘lsa kerak, - debdi o‘ziga-o‘zi va 20 km soat tezlikda yura boshlabdi. Yana yarim soat shu past tezlikda haydab ketaveribdi. Bir vaqt "Oq yo‘l! - 5" degan yozuv ko‘ribdi. Aniq reyd bo‘layotgandir, - deb 5 km tezlikda haydabdi bechora. Yurib-yurib qarasa, 5 km dan keyin oldidan "Oq yo‘l!" degan kafe chiqibdi.
Maktabda yuqori sinf o‘quvchilari orasida "boshliq" o‘quvchi hammaga laqab qo‘ya boshlabdi.
— Maxmud, seni "Naynov" deyman. Qodir, seni "Polvon" deb chaqiraman. Sarvar, seni "Kimyo" deyman.
Sarvar:
— Nimaga men "Kimyo" bo‘larkanman!?
— Chunki seni ko‘rsam, asabim "o‘ynaydi"!